Energetika vaziriga nima uçun sovuq tuşişi bilan elektr energiyasini yetkazib berişda uzilişlar boşlangani va nega sönggi tört yil içida tizimni tartibga solişning iloji bölmagani haqida savol berildi. Alişer Sultonov bu odatiy amaliyot ekanini bildirdi hamda «bunday holatlarda vahimaga tuşmaslik kerak», deb qöşimça qilib ötdi.
Qayd etilişiça, bularning barçasini öz vaqtida oldini oliş va tizimni qanday quriş, normallaştiriş kerakligini tuşunib yetiş muhim.
«Men favqulodda vaziyatlar yuz bergani yaxşi, deb aytmayapman. Tabiiyki, biz bu bilan şuğullanamiz, nima uçun bunday bölganini, kim aybdor ekanini aniqlaymiz. Kimdir aybdorligi aniq. Möjizalar bölmaydi», - dedi u.
Vazir «barça rejimlar moslaştirilgani, butun tizim barqarorlaştirilgani»ni ta'kidladi.
«Buni tört yil içida amalga oşiriş mumkin edimi? Menimça, yöq. Bitta stansiyaning qurilişi uç yil davom etadi. Nafaqat neft-gaz sanoatiga, balki elektr energetikasiga ham sönggi 30 yil içida heç nima kiritilmadi», - dedi energetika vaziri.
Vazirning ta'kidlaşiça, tizim eskirganiga qaramay, quvvatlar işlamoqda, rekonstruksiya, modernizatsiya qiliş işlari olib borilmoqda, energetika sohasidagi strategiya esa işlab çiqariş quvvatlariga xususiy kapitalni jalb qilişga qaratilgan.











