Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirus tarqalişi şaroitida niqobdan foydalaniş böyiça yangilangan yöriqnomani çop etdi. Unda aytilişiça, ijtimoiy masofaga rioya qilişning imkoni bölmasa, binolar taşqarisida ham niqob taqiş lozim.

 Şuningdek, yetarliça darajada şamollatilmaydigan xonalarda ham niqob taqiş zarur. Yöriqnomada aytilişiça, bu qoidalar kattalar va yoşi 12dan yuqori bölgan bolalarga taalluqli.

JSST beş yoşgaça bölgan bolalarga niqob taqişni tavsiya etmayapti. 6 yoşdan 11 yoşgaça bölgan bolalar esa epidemiologik holatdan kelib çiqqan holda niqob taqişlari mumkin.

Taşkilot niqobdan foydalaniş böyiça tavsiyalarni iyun boşlarida yangilagandi. Öşanda tibbiyot muassasalarining barça xodimlaridan niqob taqiş talab qilingandi.

Bungaça esa, JSST faqat koronavirusga çalingan bemorlargina niqob taqişi kerak deb ta'kidlab kelgandi.