Qarorga köra, maktablar kamida bitta sport turiga ixtisoslaştiriladi va ularda har oyda kamida bitta sport turi böyiça sport musobaqalari ötkaziladi.
2021/2022 öquv yilidan boşlab:
ekstremal sport va sport turizmi böyiça kadrlar tayyorlaş maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra oçiladi;
“Sport tadbirlarini şarhlovçi”, “Yirik sport tadbirlarini taşkillaştiriş (promouter)” hamda “Ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş” böyiça magistratura mutaxassisliklariga qabul boşlanadi.
2020 yil 1 dekabrdan barça davlat organlari va taşkilotlari hamda hokimlar va örinbosarlariga “Şaxsiy namuna” tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda işga kelişi va ketiş tavsiya etildi;
2021 yildan boşlab 22 sentyabr kuni respublika böyiça “Avtomobilsiz kun” sifatida e'lon qilindi.
2021 yil 1 aprelga qadar mahallalar, qişloqlar, tumanlar, şaharlardagi piyoda va velosipedda yuriş uçun möljallangan “Salomatlik yölaklari” taşkil etiladi. Mazkur yölaklarda avtomobil qöyişni taqiqlovçi belgilar va yölaklarning boşlaniş qismiga maxsus tösiqlar örnatiladi.












