Özbekistonlik şifokor Toşkentdan Seulga uçayotgan samolyotda ahvoli keskin yomonlaşgan ayolning hayotini saqlab qoldi.
Hodisa 11-oktabr kuni Toşkent – Seul yönalişidagi HY511 reysida röy bergan. Samolyotda bölgan şifokor Hasan Komilov ekipaj aʼzolari bilan birgalikda ayolga şoşilinç tibbiy yordam körsatgan.
Voqeaga guvoh bölgan yölovçi Threads ijtimoiy tarmoğida yozişiça, samolyotdagi boşqa özbekistonliklar ham uşbu koreys ayolga yordamga şoşilgan. Ular ayolga suv, konfet, şokolad, yostiq va körpalarini bergan. Bortkuzatuvçilar ham yordam körsatişda faol qatnaşgan.
«Rostini aytsam, ularning barçasiga qoyil qoldim. Özbekistonga birinçi marta keldim va özbekistonliklarning mehr-oqibatidan juda taʼsirlandim. Inson hayotini saqlab qolişdan ham şarafli kasb bölmasa kerak», – deb yozgan yölovçi.
SSV maʼlumotiga köra, Hasan Komilov Samarqand şahridagi xususiy klinika rahbari, otorinolaringolog, Toşkent davlat tibbiyot universiteti tadqiqotçisi hisoblanadi. U ayni paytda Janubiy Koreyaning Çungbuk universitetida malaka oşirmoqda.
Şifokorning sözlariga köra, parvoz vaqtida ekipaj aʼzolari yölovçilar orasidan tibbiy yordam körsata oladigan mutaxassis bor-yöqligini söragan. Komilov huşsiz yotgan ayolni körib, darhol uning yoniga borgan.
Tekşiruvda uşbu ayolning qon bosimi va pulsi aniqlanmagan. U şok holatida bölgan, tanasi kökarib, sovib ketgan. Şifokor özi bilan olib yuradigan dori-darmonlardan, şuningdek, ekipaj taqdim etgan kislorod niqobi va tibbiy vositalardan foydalanib, ayolga şoşilinç yordam körsatgan.
«Birgalaşib bemorga tez yordam muolajalarini ötkazdik. 10 ming metr balandlikda 10−15 daqiqada bemor öziga kela boşladi», – degan Hasan Komilov SSVga bergan intervyusida.
Tez yordam körsatilganidan keyin u ekipajga samolyotni qöndirmasdan, parvozni davom ettiriş mumkinligini bildirgan. U keyingi bir soat davomida ayolga yordam körsatişda davom etgan.
«Bu holat şifokor uçun qahramonlik emas, bu bizning har kuni qilayotgan maşaqqatli mehnatimiz», – deydi Komilov.












