Glyukagonsimon peptid-1 (GLP-1) asosidagi «Ozempik» va Wegovy kabi dori vositalari AQŞdagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalari uçun qiyinçiliklar keltirib çiqardi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi. Bu restoranlarni – yirik fast-fud tarmoqlarini ham, yuqori toifadagi yemakxonalarni ham – şunday mijozlarga moslaşiş uçun öz menyularini özgartirişga qilmoqda. «Meduza» uşbu maqolaning asosiy qismlarini keltirdi.

Maʼlum bölişiça, GLP-1 asosidagi preparatlarni AQŞ katta yoşli aholisining 11 foizi, yaʼni taxminan 30 million kişi qabul qiladi. Bunday odamlar soni vaqt ötgani sayin ortib borişi kutilmoqda.

Bunday dorilarni qabul qiluvçi kişilar restoranlarga kamroq bormoqda, borganda ham kamroq pul sarflamoqda va öziga keltirilgan taomni oxirigaça yemayapti.

Biz mehmonlardan doim nega taomini oxirigaça tanovul qilmaganini söraymiz va ular gap «ukollarda» ekanini tan olişadi, – deydi Atlantadagi Twisted Soul Cookhouse & Pours restorani egasi va boş oşpazi Debora Vantres.

GLP-1 faollaştiruvçilari va şu kabi boşqa dorilarni qabul qiluvçi odamlar köproq oqsil isteʼmol qilişni xohlaşidan kelib çiqib, restoranlar taomlardagi oqsil miqdorini oşirişi va porsiya hajmini kamaytirişi mumkin. Ammo tovuq yoki mol göştining qöşimça grammlari taom narxini 5-7 dollarga qimmatlaştiradi.

Oqsil miqdorini oşirişning yana bir usuli – yasmiq, tuxum va tvorog kabi arzonroq masalliqlardan foydalanişdir, deb hisoblaydi restoranlarga taomnomani işlab çiqişda yordam beruvçi Sysco kompaniyasi vakili Nil Doerti.

Agar bu steyk-haus bölsa, sakkiz unsiya (226 gramm atrofida) göşt bölagi örniga tört unsiya (113 gramm) göşt bölagini krevetka bilan tortiş mumkin. Hozirda krevetka – juda foydali mahsulot, – deya taklif bildiradi Doerti.

Çikagodagi Foodservice Results konsalting firmasi rahbari Darren Tristanoning fikriça, porsiyalar hajmi ikki baravar kamaytirilsa ham, ular 50 foizga arzon bölmaydi – restoranlar narxni 75 foiz darajasida belgilaydi, çunki narx mahsulotlar narxidan taşqari xodimlarning iş haqi va ijara xarajatlarini ham öz içiga oladi.

Tez tayyor böluvçi yemakxonalardagi yuqori kaloriyali yeguliklar – burgerlar va qovurilgan taomlarga ozdiruvçi preparatlarni qabul qiluvçi xörandalar orasida talab keskin kamaygan, deya maʼlum qildi William Blair investitsiya banki tahlilçilari.