Lukaşenko Belarusning ğarbiy çegalarida AQŞ va NATO qöşinlari soni oşirilayotganidan jiddiy xavotir bildirgan.

“Masala “Belarus yerlarining tarixan Polşaga tegişli ekani”da. Bu haqida oçiqçasiga aytilmoqda. Men prezident sifatida va belaruslar bunga qöşilardikmi? Aytişlariça, hozir biz yaşayotgan u yerlar bizga tegişli emas ekan. Kimga tegişli ekani aniq. Ular şu yönalişda harakat qilişmoqda”, deb ta'kidlab ötgan Lukaşenko.

Belarus rahbarining ta'kidlaşiça, Minsk Polşa va Boltiq davlatlari hududlarida harbiy körinişdagi tadbirlar soni oşayotganini körmoqda. U Varşava öz hududida AQŞning qöşimça qöşinlarini joylaştirişni va yangi harbiy infratuzilma obektlarini yaratişni rejalaştirayotganini aytgan.

Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, hozirda dunyodagi xalqaro tartib boşqariluvçi xaos tomon ketmoqda. 

Avvalroq, 27 noyabrda Lukaşenko Belarus xizmatlari ma'lumotlariga tayanib, Polşa Belarus rahbariyatiga qarşi kuraşiş uçun NATOni Boltiq davlatlari armiyasi tarkibida maxsus xavfsizlik kuçlarini ta'sis etişga çaqirganini ma'lum qilgan.