Norma’ning yozişiça, maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş, aholini sifatli sanitariya jihatidan tozalaş xizmatlari bilan ta'minlaş maqsadida 2020 yil 17 aprelda OTB direktorlar kengaşi tomonidan «Qattiq maişiy çiqindilarni barqaror boşqariş» loyihasini moliyalaştiriş uçun 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan, 25 yil muddatga, 60 mln dollar miqdorida kredit ajratilişi ma'qullandi.
Loyihaning umumiy qiymati ekvivalentda – 112 mln dollar, şundan Özbekistonda uluşi – 52 mln dollar, şu jumladan soliq va bojxona tölovlari – 44,01 mln dollar hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining mablağlari – 7,99 mln dollarni taşkil etadi. Loyihani amalga oşiriş davri 5 yil (2020–2024 yillar) etib belgilangan.
Loyiha doirasida quyidagilar rejalaştirilmoqda:
- Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlar hududlarida qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş bilan boğliq işlarni amalga oşirişga «Toza hudud» DUK uçun 339ta maxsus texnika, 8ta mobil laboratoriya, 6 mingta konteyner yetkazib beriladi;
- 13ta servis markazlari taşkil etiladi;
- qöşimça 4 mln nafar aholiga sanitariya tozalaş xizmatlari körsatiladi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi loyihani öz vaqtida amalga oşiriş, şuningdek OTBning qarzidan maqsadli va samarali foydalaniş yuzasidan ijro etuvçi organ hisoblanadi.
OTBning qarzini uziş va foizlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar «Toza hudud» DUKning mablağlari hisobidan qoplanadi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- «Qattiq maişiy çiqindilarni barqaror boşqariş» loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari;
- OTBning asosiy qarzini qaytariş va foizlarni tölaşning prognoz jadvali;
- «Qattiq maişiy çiqindilarni barqaror boşqariş» loyihasini amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi»;
- Loyihani amalga oşiriş natijasida respublika hududlarini sanitar tozalaş xizmatlari bilan qamrab olişning maqsadli körsatkiçlari.
Hujjat 26.11.2020 yildan kuçga kirdi.












