«Yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş böyiça eng samarali yöl bu – immunizatsiya tadbirlari, ya'ni soğlom insonlarni uşbu kasallikka qarşi emlaşdir. Dunyoda bu yönalişda qator ilmiy tekşiriş institutlari hamda farmatsevtika korxonalari tomonidan koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqariş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Hozirda Covid-19’ga qarşi Xitoyning «Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasining vaksinasi va Rossiya Federatsiyaning «Sputnik-V» vaksinasining 3-bosqiç klinik tadqiqotlari yurtimizda ham ötkazilişi rejalaştirilmoqda. 

Bunda vaksinalarning xavfsizlik körsatkiçlarini baholaş, ularning infeksiyani oldini olişdagi samaradorligini aniqlaş asosiy vazifa qilib belgilangan. Şuningdek, «Sinopharm group» kompaniyasi bilan ham uşbu yönalişda iş olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rossiya Federatsiyasida işlab çiqarilgan vaksinani respublikaga olib keliş va aholiga yetkaziş vakolati yagona xususiy şirkatga berilgani haqida bildirilgan fikr-mulohazalar haqiqatga zid. Çunki Covid-19 infeksiyasiga qarşi vaksina xarid qiliş va undan foydalaniş masalalari butun jahonda bölgani kabi mamlakatimizda ham klinik tadqiqotlarning 3-bosqiçi natijalariga köra belgilanadi.

Biror mamlakatning vaksinasi ijobiy körsatkiçlar qayd etgani ilmiy isbotlansagina, uni xarid qiliş, sotib olingan vaksinani saqlaş va taşiş bilan boğliq masalalar tegişli mezonlar asosida körib çiqiladi.

Bundan taşqari, hozirda BMT bilan hamkorlikda COVAX’ga a'zo davlatlar qatorida Özbekistonga jahonda olib borilayotgan klinik tadqiqotlar asosida samarasi ijobiy baholangan koronavirusga qarşi vaksinalarni yetkazib beriş böyiça muzokaralar ham olib borilmoqda», deyilgan Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.