“Emlaş kelasi haftadan boşlanadi, biz emlaşni boşlaymiz”, deb e'lon qilgan Tramp. Avvalroq Moderna hamda Pfizer va BioNTech kompaniyalari öz vaksinalarining AQŞda qöllanişi ma'qullanişi uçun mutasaddi idoralarga ariza topşirgandi.

Tramp Jorjiyadagi nutqi davomida demokratlarni prezident saylovlarida tovlamaçiliklar sodir etganlikda navbatdagi marta aybladi va saylovlar “toza” ötganiga işonçi komil bölganda, allaqaçon mağlubiyatini tan olgan bölişini aytgan. “Agar men yutqazganimda, özimni mağlubiyatga uçragan deb tan olardim. Men Floridaga ketib, heç narsa haqida qayğurmay, sayr qilib yurgan va özimga “yaxşi işlading” deb aytgan bölardim. Biroq ular (demokratlar) öğirlasa, aldasa va tovlamaçilik qilsa, mağlubiyatni tan olmaslik kerak”, deb ta'kidlab ötgan Tramp. 

AQŞ prezidenti, şuningdek, demokratlarni AQŞda kommunizm qurişni istayotganlikda ayblagan. “Sotsializm bu odamlar uçun faqat boşlanişi. Söngra ular bu yerda boşqaruvning kommunistik şaklini örnatişga urinib köradilar”, deb aytgan Tramp va barça tarafdorlarini Jorjiyadan senatga saylovlarda Respublikaçilar partiyasi nomzodlariga ovoz berişga çaqirgan. 

Ayni vaqtda Tramp ştabi bir neçta ştatlarda saylovlar natijalari böyiça da'volaşmoqda. Bir qator ştatlar ovozlarni qayta hisoblab çiqib, Trampning mağlubiyatini va Jo Baydenning ğalabasini tasdiqladi. OAV ma'lumotlariga köra, Tramp jamoasi sudlarga da'vo arizalarini topşiriş va ovoz byulletenlarini qayta hisoblab çiqiş uçun 9 mlndan köproq mablağ sarflab böldi.