Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlaniş korxonalarining mavsumiy kafelari işlaşi, şuningdek, köçma savdoni amalga oşiriş tartibini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, prezidentning “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 20 iyuldagi PF–6029-son farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 iyulga qadar Davlat soliq qömitasining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali köçma savdoni boşlaş töğrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qiliş yölga qöyilgan.
2021 yil 1 iyuldan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
köçma savdo tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan köçma savdo obektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlaştirilgan axborot tizimida röyxatdan ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi;
köçma savdo joyi joylaşiş sxemalari doirasida “K – SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.
Davlat soliq qömitasi köçma savdoni amalga oşiriş tartibi ustidan nazoratni amalga oşiriş böyiça vakolatli organ etib belgilanadi.
Quyidagilar:
umumiy ovqatlaniş korxonalarining mavsumiy kafelari işlaşi, şuningdek, köçma savdoni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom;
“K – SAVDO” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va taşkilotlar röyxati;
köçma savdo faoliyatini tartibga soliş yuzasidan amaliy çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Davlat soliq qömitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar quyidagilarga imkon beruvçi “K – SAVDO” AATni işga tuşiradi:
köçma savdo obektlarini röyxatdan ötkaziş uçun buyurtma beriş;
aholi punktining interaktiv xaritasiga kiritilgan köçma savdo joylarining sxemalariga muvofiq elektron auksionlarni amalga oşiriş;
röyxatga oliş uçun tölovlarni amalga oşiriş, şuningdek pul mablağlarini qaytariş;
tadbirkorlik sub'yektlariga real vaqt rejimida köçma savdo obekti röyxatdan ötkazilganligini tasdiqlovçi QR-kod qöyilgan holda röyxatdan ötganligini tasdiqlovçi elektron hujjat yuboriş;
vazirliklar, idoralar va taşkilotlarga köçma savdo obektlari töğrisida ma'lumot yuboriş;
köçma savdo joylaşiş sxemasida mavjud böş turgan va band bölgan köçma savdo joylari töğrisida ma'lumot oliş;
köçma savdo obektlari reyestrini yuritiş.
Davlat soliq qömitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantiriş va közda tutilmagan xarajatlar maxsus jamğarmasi “K – SAVDO” AATni işlab çiqiş, joriy etiş va texnik qöllab-quvvatlaşni moliyalaştiriş manbai etib belgilanadi.












