Madaniy meros agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Moviy gumbazlar» kafesidagi ta’mirlaş işlari haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida joylaşgan mazkur kafe Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan moddiy madaniy merosning köçmas mulk ob’yektlari milliy röyxatiga kiritilgan bölib, modernizm me’morçiligi namunasi sifatida davlat muhofazasiga olingan.
Madaniy meros agentligi mas’ullari 20 iyul kuni keçqurun ob’yektda örganiş işlarini ötkazgan. Tekşiruv davomida binoga tegişli tom qismida vakolatli organ bilan belgilangan tartibda kelişilmagan holda ta’mirlaş işlari amalga oşirilayotgani ma’lum bölgan.
Aniqlangan qonunbuziliş yuzasidan mas’ullar tomonidan ta’mirlaş işlari darhol töxtatildi.
Şuningdek, ob’yekt mas’ullariga madaniy meros ob’yektlarida har qanday ta’mirlaş, rekonstruksiya yoki quriliş işlari faqat vakolatli organlarning tegişli ruxsati va belgilangan tartibdagi kelişuvlar asosida amalga oşirilişi lozimligi tuşuntirildi. Ularga qonunçilik talablariga qat’iy rioya qiliş böyiça tegişli körsatmalar ham berildi.
Madaniy meros agentligi davlat muhofazasiga olingan ob’yektlarning tarixiy qiyofasi va asliyatini saqlaş, ularni noqonuniy özgartiriş hamda şikastlanişining oldini oliş böyiça nazorat tadbirlari izçil davom ettirilişini ma’lum qildi.












