Ijtimoiy tarmoqda Jizzax şahridagi ovqatlaniş şoxobçasida muştlaşuv röy berganligiga oid videotasvirlar tarqaldi. Jizzax viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 2024 yilning 23 avgustida Döstlik mahallasidagi kafeda Jizzax şahri, Foriş hamda Zomin tumanlarida yaşovçi O.O., O.Q., X.X., D.T, J.Q. va X.D. örtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jizzax şahrida istiqomat qiluvçi X.D. bir qator tan jarohatlari olgan.

Öz navbatida, 5 nafar ayblanuvçi qölga olinib, jabrlanuvçi sud tibbiy ekspertizasidan ötkazilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bugunda tergov harakatlari yakunlangan bölib, jinoyat işi tegişli sud organida körib çiqilişi uçun prokuraturaga yuborilgan.

Kelişmovçilik Jizzax şahrining Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvçi X.D. va şeriklarining yeyilgan taom uçun haq tölamaganliklari hamda kafe xizmatçilarini haqorat qilganliklari ortidan kelib çiqqan.