IIBB xabariga köra, tadbirlar blokpost va barça yöl-patrul xizmati maskanlarida hamda markaziy köçalarda majburiy ijro yurituvidagi qarzdorlik işi yuzasidan 60 kunlik muddatda  jarimalarni öz vaqtida tölamagan transport vosita egalarini aniqlaş, ulardan jarimalarni undiriş yuzasidan amalga oşirilyapti.

Qayd etilişiça, tadbir davomida reyd guruhlari bank xodimlari bilan birga xizmat olib bormoqda, haydovçilar bank xodimiga sayyor kassa orqali tölovlarni amalga oşirmoqda. Tadbir boşidan şu kunga qadar davlat ğaznasiga 4 007 101 180 söm undirildi.  

Ma'lumot örnida, haydovçilar yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarima soliş haqida qaror çiqarilgan kundan e'tiboran oltmiş kun içida jarima tölamagan taqdirda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasi tartibida transport vositalari jarima maydoniga qöyilib, jarima tölangunga qadar uşlab turiladi.