Navoiy viloyatida 2021 yilning 1 yanvar kunidan içimlik suvi narxi keskin oşadi. Bu borada xalq deputatlari Navoiy viloyati kengaşining XII sessiyasiga kiritilgan kengaş qarori deputatlar tomonidan tasdiqlangan.
Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, qarorda 1 m³ içimlik suvi narxi aholi uçun 3 000 söm (hozirgi narx 1 080 söm), budjet taşkilotlari va ulgurji iste'molçilar uçun esa 7 000 söm (hozirgi narx 3 300 söm) qilib belgilangan. Narxning bunday keskin ösişini «Navoiy suv ta'minot» MÇJ mas'ullari viloyatdagi suv inşootlari va quvurlarning ta'mirtalab holga kelib qolgani bilan izohlagan.
«Navoiy suv ta'minot» MÇJ axborot xizmati rahbari Bakitbek Kizilbayevning ma'lum qilişiça, viloyatda jami 647 ming nafardan ortiq aholi markazlaşgan toza içimlik suvi bilan ta'minlangan bölib, bu viloyat aholisining 64 foizi degani. «Navoiy suv ta'minoti» MÇJ balansidagi 199 ta suv tarqatiş inşootining 28 tasi (14 foizi), şuningdek, viloyatdagi jami 2 784,8 km içimlik suv tarmoqlarining 17 foizi ta'mirtalab.
«Suv quvurlarining asosiy qismi 50 yil oldin yotqizilgan bölib, hozirda eskirgan. Oqibatda tizimda oğir iqtisodiy ahvol yuzaga kelgan», deydi Kizilbayev.
Qiziği, Samarqandda ham deputatlar içimlik suvi narxining oşişi böyiça qarorni tasdiqlaşdi. Ammo, ikkala viloyat narxida katta farq borligini köriş mumkin. Samarqandda aholi uçun 1 m³ içimlik suvining oşgan narxi 1 850 söm, budjet va ulgurji iste'molçilar uçun 3 500 söm qilib belgilangan. Ya'ni, Navoiydagi 1 m³ içimlik suvi puliga Samarqandda 2 m³ suv sotib oliş mumkin.












