Dastlab Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Qirğiziston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari Artyom Novikov örtasida ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, uçraşuvda köp qirrali şeriklik masalalari, şuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş hamda transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalarda özaro aloqalarni kengaytiriş böyiça istiqbolli çoralar muhokama qilindi.

Özbekiston çegaraoldi viloyatlari rahbarlari va Qirğiziston hukumatining çegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari kengaşining 3-yiğilişida delegatsiyalar rahbarlaridan taşqari, Özbekistonning Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari hokimlari, Qirğizistonning Botken, Jalolobod va Öş viloyatlaridagi hukumat vakolatli vakillari, şuningdek, ikki davlat vazirliklari va idoralari rahbarlari iştirok etdi.

Yiğilişda çegaraoldi hududlar örtasida barça sohalarda hamkorlikni yölga qöyiş, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar jalb etiş, qöşma korxonalar taşkil etiş kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Ma'lum bölişiça, joriy yilda Farğona viloyati va qöşni Qirğiziston örtasida 127 million AQŞ dollariga teng tovar aylanmasiga erişilgan. Bunda farğonaliklar 100 million dollar hajmida mahsulot eksport qilgan. Qirğizistondan viloyatga 27 million dollarga teng mahsulot import qilingan. Mazkur körsatkiçlarni yanada oşiriş maqsadida 14ta qöşma korxona soni kelgusi yilda yana beştaga ortişi reja qilingan.

Uçraşuv davomida savdo-sotiqni kengaytiriş, transport-logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratildi. Qirğiziston tomoni kömir, göşt va göşt mahsulotlari, quriliş  xomaşyosi taklifi bilan çiqqan bölsa, Özbekistondan qişloq höjaligi mahsulotlari, yengil sanoat va boşqa önlab turdagi iste'mol tovarlari importi qirğizistonliklar uçun muhim ekanligini bildirdi.

Şuningdek, muloqotda madaniy–gumanitar aloqalarni mustahkamlaş, ziyorat turizmini rivojlantiriş, turistik marşrutlarni şakllantiriş  yuzasidan ham fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş uçun «yöl xaritasi»ni imzolaş töğrisida kelişuvga erişildi.