Akademik Ra'no Ubaydullayeva 84 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

Ra'no Ubaydullayeva 1936 yil Toşkent şahrida tuğilgan, iqtisodçi olima, Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor. 

U 1958 yilda Toşkent moliya-iqtisod institutini tugatgan. 1958-1960 yillarda Özbekiston FA Iqtisodiyot institutida laborant, 1960-1963 yillarda aspirant, 1963-1964 yillarda kiçik ilmiy xodim, 1964-1966 yillarda katta ilmiy xodim, 1967-1978 va 1992-1993 yillarda bölim boşliği, 1978-1990 yillarda direktor örinbosari bölib işlagan. 

R. Ubaydullayeva 1993-1997 yillarda Özbekiston mehnat vaziri örinbosari, 1998 yildan «Ijtimoiy fikr» jamoatçilik fikrini örganiş markazi direktori sifatida işlagan. 

Ilmiy işlari Özbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanişning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholişunoslik, jamoatçilik fikrini örganiş masalalariga bağişlangan.