Peruning "Kaetano Eredia" universitetida Xitoyning Sinopharm kompaniyasi işlab çiqqan koronavirusga qarşi vaksinaning klinik sinovlari töxtatildi.
Tadqiqotçilar guruhi rahbari Herman Malaganing ma'lum qilişiça, "sinovlar vaqtinçalik muddatga töxtatilgan va bu köngillilardan birida nevrologik muammo paydo bölgani bilan boğliq".
"64 yoşli qatnaşçilardan birida nevrologik simptomlar kuzatildi. Birinçi navbatda uşbu sinovlarning xavfsizligi muhimligi sababli nima bölganini aniqlaş uçun tadqiqotni vaqtinça töxtatişga qaror qildik", - dedi u.
Hozirda Xitoyda işlab çiqilgan törtta vaksina klinik sinovlarning uçinçi bosqiçida. Ulardan ikkitasi Sinopharm, bittasi CanSinoBIO va yana biri Sinovac kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.
Avvalroq Özbekistonda Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining işlanmasi asosida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi işlab çiqqan koronavirusga qarşi vaksinaning uçinçi bosqiç klinik sinovlarini ötkaziş işlari boşlangani xabar qilingandi.













