Bunday taklifni Texasning vakillar palatasi a'zosi, respublikaçi Kayl Bidermann bildirgan. Bu haqda Bidermanning tvitterdagi akkauntiga tayanib Fox News telekanali xabar berdi.
“Federal hukumat nazorat ostidan çiqqan va Texas aholisi uçun heç qanday qiymatga ega emas”, deb aytgan siyosatçi.
Aynan şu sababli siyosatçi texasliklarga referendum ötkazişga va ştatga mustaqil davlat maqomini olişga imkon beruvçi qonun loyihasini tayyorlamoqda.
Bu orada Respublikaçilar partiyasining Texas ştatidagi raisi Allen Uest oliy sudning qaroriga javoban AQŞ konstitutsiyasi tamoyillariga amal qiluvçi “ştatlar ittifoqini” tuzişni taklif qildi.
Uestning ta'kidlaşiça, oliy sud Texasning Jorjiya, Miçigan, Pensilvaniya va Viskonsinda saylov natijalarini noqonuniy deb tan olişi böyiça arizasini rad etgani ba'zi ştatlarga AQŞ konstitutsiyasini buzişga va buning uçun heç qanday jazo olmaslikka imkon beruvçi xavfli holatni yuzaga keltiradi.
“Oliy sud 17ta ştat va 106 nafar kongressmen tomonidan qöllab-quvvatlangan Texasning da'vo arizasini rad etib, ştatlar konstitutsiyaga zid harakatlarni amalga oşirişi va saylovlar haqidagi öz qonunlarini buzişi mumkinligi haqida qaror çiqardi”, deb aytilgan Uestning bayonotida.
Siyosatçining sözlari jamoatçilik va OAV orasida turli munosabatga sabab böldi. Ba'zilar Uestning bayonotini “AQŞ tarkibidan çiqişga çaqiriq” deb baholaşgan.
Texas AQŞ tarkibidan bir marta – 1861 yilda çiqib, Amerika Konfederativ ştatlariga qöşilgan. AQŞdagi fuqarolik uruşidan keyin Texas 1870 yilda yana AQŞ tarkibiga qabul qilingan.












