Uning sözlariga köra, 412,7 metr uzunlikda bölgan va Amudaryo orqali barpo etiladigan yangi köprikdan temir yöli hamda avtomobil yöli birgalikda ötişi kutilyapti.

“Yangi qurilayotgan köprik va u köprikka qadar bölgan 10 kilometrga yaqin temir yöli, köprikdan keyingi 60 kilometrdan ortiqroq bölgan temir yöli barpo etilganidan söng avvalgi 240 kilometr ortiqça harakatlanişning oldi olinadi. Avtomobil hamda temir yöli yönalişida taşilayotgan yuklarning manzilga yetib boriş vaqti 6 soatga qisqaradi.

Bundan taşqari, uşbu köprik orqali ötayotgan yuklarning yillik samarasi 150 milliard sömga yaqin böladi - şunça xarajatlar tejalişi hisob-kitob qilinmoqda. Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasi örtasidagi temir yöli orqali taşilayotgan yuklarning örtaça hajmi 12 million tonnani taşkil qilayotgan bölsa, köprik hamda temir yöli qurilganidan keyin yuklar hajmi loyihaning özini oqlaş muddatiga yetib borgunga qadar 20-25 million tonna atrofida böladi.

Prezident uşbu qurilişni yanvar oyidan boşlaş haqida topşiriq berdi va buning uçun zarur bölgan mablağlar ham ajratildi”, - deydi Husniddin Hosilov.