Davlat rahbari jinoyatçilik bölmagan mahalla mutasaddilarining maoşi oşirilişini ma'lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
«Mahalla bugun islohotçiga aylanişi, eng quyi poğonadagi tizimni haqiqatda xalqparvar qilişimiz lozim. Oldingiday tumanning bitta köçasini asfalt qilib, mahallalarni qilmay odamlarni norozi qilişni yöq qilişimiz kerak.
[...] Mahalla raislarining oyligini körib çiqaman. Jinoyatçilik bölmagan mahalla 2 barobar köp oylik oladi. 3–4 mln maoş va pensiyani ham olaveradi», – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev aholi salomatligini mustahkamlaş masalasiga ham töxtaldi.
«Koronavirus tibbiyotimizga katta sinov böldi. Kördinglar, köp odamlarni yöqotdik...
Vaznimiz juda katta, özimizga qaramaymiz. Masalan, [Sirdaryo viloyati] Oqoltin tumani aholisi 87 foizi sport bilan şuğullanmaydi. Har kuni heç bölmasa 1 soat piyoda yurişni tarğib qilişimiz kerak. Yurganga pul, kitob öqiganga maşinalar beryapmiz», – dedi Mirziyoyev.

Eslatib ötamiz, prezident oktyabr oyida soğlom turmuş tarzi tarğibotiga doir farmon imzolagan edi. Şu asosda har çorakda har bir tuman (şahar)da «Soğlom turmuş tarzi rivojlangan mahalla» tanlovi taşkil etiladi.
Tanlovda 1-örinni egallagan mahallaga 10 mln söm, 2-örin uçun 5 mln söm va 3-öringa 3 mln söm miqdorida pul mukofoti beriladi.
Pul mukofoti MFYning bank hisob raqamiga ötkaziladi va mahallada sport maydonçalarini taşkil etiş, ularni jihozlaş, sport tadbirlarini ötkaziş maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yönaltiriladi.
Şu bilan birga, 1 martga qadar işlab çiqiladigan tartibga asosan, bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul tölanadi.












