2020 yil 14 dekabr kuni Toşkent şahrida "Özbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollar roli" mavzusida birinçi forum bölib ötdi.
Forumda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, davlat organlari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.
Tadbirda ötgan yilgi saylov yakunlari böyiça parlamentning quyi palatasiga 48 nafar ayol deputat etib saylangani, bu deputatlar umumiy sonining 32 foizini, Senatda esa 25 foizni taşkil etayotganligi aytildi.
Şuningdek, Özbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetganligi hamda mamlakat parlamenti xotin-qizlar soni böyiça dunyodagi 190ta parlament orasida 37-öringa kötarilgani ta'kidlandi.











