Oliy Majlis Senati “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi qonunni maʼqulladi.
Qonun bilan, alifboga quyidagiça özgartişlar kiritilmoqda:
- O‘ o‘ → Ö ö
- G‘ g‘ → Ğ ğ
- Sh sh → Ş ş
- Ch ch → Ç ç
Şuningdek, ng mustaqil harf sifatida alifbodan çiqariladi. Tutuq belgisi saqlab qolinadi.

Senat matbuot xizmati xabariga köra, qonun kuçga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar tösiqsiz muomalada qoladi. Davlat organlari va taşkilotlarining ramziy belgilari, peşlavha va körsatkiçlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgaça foydalanişga ruxsat beriladi.

Eslatib ötamiz, Qonunçilik palatasi mazkur qonunni 7-iyul kuni qabul qilgan edi. Kun.uz bu özgariş atrofidagi munozaralar haqida yozgandi.








