Turkiya inson huquqlari va tenglik taşkiloti (TİHEK) tomonidan ötkazilgan qisqa metrajli film va ssenariylar tanlovi natijalariga köra, özbekistonlik yoş kinematograf, Hasan ibn Sabit kino akademiyasi talabasi va Istanbul media akademiyasi bitiruvçisi Muhammad Ali Doniyorov ğoliblikni qölga kiritdi. Bu haqda Kun.uz’ning Turkiyadagi muxbiri xabar bermoqda.

TİHEK 10 dekabr — Butunjahon inson huquqlari kuni/haftasi munosabati bilan «Inson huquqlari negizida inson qadriyatlari» mavzusida qisqa metrajli filmlar tanlovini ötkazdi.

Iştirokçilarning katta qiziqişiga sabab bölgan mazkur tanlovga jami 165 nafar iştirokçi ariza bilan murojaat qilgan. Qisqa metrajli filmlar nominatsiyasida 37, ssenariylar nominatsiyasida esa 128 nafar kinematograf öz kinoasarlari bilan iştirok etdi.

Festivalga kelib tuşgan kinoasarlar Tulay Gökçimen (Hay'at raisi va gumanitar yordam köngillisi), M.Abdullğafur Şahin (rejissyor), Emre Karapinar (rejissyor), Nazif Tunç (prodyuser-rejissyor), professor-doktor Şukri Sim, Ipek Tuzjiöğli (aktyor) va Ihsan Kabil (kinematograf va Xalqaro kino uyuşma prezidenti)dan iborat hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.

Muhammad Ali Doniyorov rejicsyorligida suratga olingan va ğoliblar qatoridan joy olgan «Nafas» («Soluk») nomli qisqa metrajli film har qanday muşkul vaziyatda ham inson özligini yöqotmasligi, öz vijdoniga qarşi iş tutmasligi lozim, degan ğoyani ilgari suradi.