Amerikalik rejissyor Vudi Allen Rossiya va Ukraina örtasida keng kölamli uruş boşlanişiga Rossiya rahbariyati mas’ul ekanini va bu uruş dahşatli ekanini aytdi. Hollivud vakili Moskva xalqaro kino haftaligidagi onlayn iştirokini tanqid qilganlarga şunday javob berdi. Rejissyorning izohi 25 avgust, duşanba kuni Britaniyaning The Guardian gazetasida çop etildi.

Allen video-aloqa orqali tadbirda iştirok etişi Rossiya rejimini «oqlaşi» haqidagi da’volarni rad etdi. «Ukrainadagi mojaro haqida gap ketganda, men Vladimir Putinning mutlaqo notöğri ekanligiga qat’iy işonaman. U boşlagan uruş dahşatli», — deya rejissyordan iqtibos keltiradi naşr.

«Ammo siyosatçilar nima qilmasin, menimça, badiiy suhbatlarni töxtatiş - yordam berişning yaxşi usuli emas», deb davom etdi u.

Bir kun avval Vudi Allen Moskva xalqaro kino haftaligi sessiyalaridan birida video-aloqa orqali iştirok etdi. U bilan suhbatni bir paytlar Qrimning Rossiyaga qöşib olinişini qöllab-quvvatlagan rossiyalik rejissyor Fyodor Bondarçuk olib bordi. «Men Moskvada edim, Sankt-Peterburgda edim. Men har doim rus kinosini sevib kelgan odamman», dedi Allen suhbat çoğida.