Erdöğanning ta'kidlaşiça, Turkiya nafaqat mamlakat içida, balki butun mintaqada tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun kuraş olib bormoqda. Biroq bu Anqara öz huquqlari buzilişi va suverenitetiga raxna solinişiga ijozat berişini anglatmaydi.

“Turkiya Yevropa ittifoqidan sanksiyalarni emas, balki ittifoqda tölaqonli a'zolik haqidagi va'dalar bajarilişini kutib qoladi. Şuningdek, biz NATO böyiça hamkorimiz AQŞdan ham sanksiyalar emas, balki terrorçi guruhlar va mintaqadagi vaziyatni izdan çiqarişga urinayotgan kuçlarga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlov kutib qolamiz”, deb aytgan Turkiya rahbari.

Erdöğanning ta'kidlaşiça, hozirda dunyo davlatlari global iqtisodiyotda tarixga kiradigan davrni boşdan keçirmoqda. Şu sababli, Turkiya iqtisodiyoti har qanday sinovlar, yangi imkoniyatlar va turli ssenariylarga tayyor.  

Erdöğan, şuningdek, Toğli Qoraboğ haqida öz fikrlarini aytgan. “Toğli Qoraboğdagi ğalaba bilan Kavkazda yangi davr boşlandi. Bu ğalabadan keyin mintaqada yangi status-kvo yaratiladi, unda ixtilof tinçlikka, keskinlik hamkorlikka, adovat yaxşi qöşniçilikka aylanadi”, deb ta'kidlab ötgan Turkiya prezidenti.  

Şuningdek, Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar ham AQŞ kiritgan sanksiyalarga izoh bergan. Uning ta'kidlaşiça, NATOga a'zo davlatga bunday sanksiyalarning kiritilişi nafaqat alyans doirasidagi hamkorlikka zarba beradi, balki ittifoqdoş davlatlar örtasidagi işonçga tamoman putur yetkazuvçi qadamdir.

Akar Turkiya va AQŞning yaqin hamkorligi Koreya uruşidan beri davom etib kelayotganini eslatib ötgan. 

Avvalroq Yevropa ittifoqi yetakçilari Anqara Şarqiy Örta yer dengizida noqonuniy burğilaş işlarini olib borayotgani uçun Turkiyaga sanksiyalar kiritgan.

AQŞ esa Turkiya Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olgani bilan boğliq holda Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati va uning rahbari Ismoil Demirga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.