16 dekabr kunidan boşlab Buyuk Britaniya poytaxtida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalişi bilan boğliq çeklov çoralarining uçinçi, maksimal darajasi amal qiladi. Şahar meri Sodiq Xonning 14 dekabr kuni e'lon qilingan bayonotida aytilişiça, kasallaniş holatlarining köpayişi sababli joriy etilayotgan töliq lokdaun biznes va odamlar uçun oğir zarba böladi.
«London biznesi va iqtisodiyotimiz uçun yangi yilda yana bir lokdaunning joriy etilişi yomon böladi. Şuning uçun men londonliklarni hukumat örnatayotgan uçinçi darajadagi qoidalarga qat'iy rioya qilişga çaqiraman, şunda biz kasallaniş darajasini nisbatan kamaytirişimiz mumkin», - dedi Xon.
Yangi çeklov çoralari umumiy ovqatlaniş muassasalari: bar, kafe va restoranlarga ta'sir körsatadi. Ularga mijozlarni qabul qiliş taqiqlandi, muassasalar faqat taomni olib ketiş va yetkazib beriş rejimida işlaşi mumkin. Şuningdek, ommaviy tadbirlar taqiqlandi. Şahar boğlarida fuqarolar ijtimoiy masofani hisobga olgan holda olti kişidan ortiq bölmagan tarzda töplanişi mumkin. Nooziq-ovqat dökonlari, gözallik salonlari va sport zallari öz faoliyatini davom ettiradi.
Xon, şuningdek, biznesni davlat tomonidan köproq qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. «Vazirlar uşbu muhim davrda qöşimça çeklovlarga duç kelgan korxonalar uçun ötgan yilgi daromadlari asosida töliq yöqotgan daromadlarini qoplaş sxemasini tezkorlik bilan joriy etişi şart. Hukumat özini özi yakkalab qöyişga majbur bölgan işçilarga qonun bilan belgilangan kasallik böyiça nafaqalarni töliq tölaşi va oçiq jamoat joylarida niqob taqişni majburiy qilib qöyişi kerak», - deyiladi şahar meri murojaatida.
Şaharda bir kunda 5000-5500ta yangi kasallaniş holatlari aniqlanmoqda. Londonda jami 206 500ta COVID holati qayd etildi. Buyuk Britaniya poytaxtidagi kasalxonalarda COVID bilan kasallangan 2330 bemor davolanmoqda, bir kunda 13 kişi vafot etdi.
5 noyabrdan 2 dekabrgaça Angliyada qattiq lokdaun amal qildi. Fuqarolar öz uyidan faqat zarurat bölganda çiqişi mumkin edi. Çakana savdo dökonlari, köngiloçar markazlar va sport zallari, teatrlar, muzeylar, gözallik salonlari, sartaroşxonalar yopildi. Restoran va pablar olib ketiş hamda yetkazib beriş rejimida işladi, mehmonxonalar va yotoqxonalarga faqat iş böyiça safar qilayotganlarni qabul qilişga ruxsat berildi. Diniy taşkilotlar faoliyati çeklandi, töy ötkaziş taqiqlandi.
Universitetlar, maktablar, kollejlar xavfsizlik çoralariga rioya qilgan holda odatdagidek işlaşni davom ettirdi.
Boş vazir Boris Jonsonning aniqlik kiritişiça, umummilliy karantindan keyin rasmiylar mahalliy çeklovlar taktikasiga ötadi. Epidemiologik vaziyat va çeklovlarning oğirligiga qarab mintaqalar uç turga bölingan.












