Prezidentning “Tadbirkorlik sohasida davlat nazoratining sifati va kölamini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Belgilanişiça, 2021 yil 1 maydan boşlab tadbirkorlik sub'yektlarini tekşirişda ularning faqatgina oxirgi uç yillik davridagi faoliyati örganiladi, jinoyat işi doirasida ötkaziladigan tekşirişlar bundan mustasno.
Nazorat tadbirini amalga oşirişda nazorat qiluvçi organlar mansabdor şaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boşqa harakatlari natijasida tadbirkorlik sub'yektiga yetkazilgan zararlar, şu jumladan boy berilgan foyda birinçi navbatda nazorat qiluvçi organning budjetdan taşqari mablağlari, bunday mablağlar yetarli bölmaganda esa davlat budjeti hisobidan qoplanadi, keyinçalik aybdor şaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Nazorat qiluvçi organlar tadbirkorlik sub'yektlariga ularga nisbatan amalga oşirilişi rejalaştirilgan nazorat tadbiri töğrisida xabarnomada taraflar huquq va majburiyatlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uçun taraflar javobgarligi, korrupsiya alomatlari vujudga kelganda xabar beriş tartibi, mansabdor şaxslarning harakati ustidan şikoyat beriş tartibi va manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq masalalarni majburiy tartibda körsatadi.
Xabarnomada yuqoridagi holatlar nazarda tutilmagan taqdirda nazorat tadbirini amalga oşirişga hamda töplangan ma'lumotlar nazorat yakuni böyiça qaror qabul qilişda foydalanişga yöl qöyilmaydi.












