Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rojdestvo va yangi yil bayramlari nişonlanişi sababli 2021 yil boşida Yevropada koronavirusning yangi tölqini yuz berişi ehtimoli yuqori ekanligini ma'lum qildi.

"2021 yilning dastlabki haftalari va oylarida koronavirus tarqalişining yuqori xavfi mavjud va buning oldini olişni istasak, birgalikda işlaşimiz zarur", - deyiladi JSSTning Yevropadagi bölinmasi bayonotida.

Ta'kidlanişiça, Yevropa hududida koronavirusning keng miqyosda tarqalişi davom etmoqda.

JSST jamoatçilikni befarq bölmaslikka va bayramlar arafasida qöşimça xavfsizlik çoralarini körişga çaqirmoqda. Ekspertlar rojdestvo va yangi yilni köçada nişonlaşni, bayram iştirokçilariga esa niqob taqiş hamda ijtimoiy masofa saqlaşni maslahat bergan.

Bino içida bayram nişonlaşda esa mehmonlar soni çeklanişi kerakligi tavsiya qilinmoqda.