Pens bilan birga uning rafiqasi Karen va AQŞ boş jarrohi Jyerom Adams Pfizer va BioNTech kompaniyalari işlab çiqqan vaksina bilan emlanişgan.
Jurnalistlar töplangan zalda şifokorlar ulardan avval vaksinalarga allergik reaksiyalari bölgani yoki yöqligi haqida söraşgan va vaksina haqida tuşunça berişgan.
Qisqa savol-javobdan keyin vaksina ularning qöllariga kiritilgan. Şifokor ularni bu emlaşning birinçi qismi ekani, muayyan muddat qöl oğrişi mumkinligi va 21 kundan keyin vaksinaning ikkinçi dozasini oliş kerakligidan ogohlantirgan. Barça jarayon bir neça daqiqa vaqt olgan.
“Men heç narsa sezmadim. Iş yaxşi qilindi. Sizning davlatimizga qilayotgan xizmatingizni qadrlayman”, deb minnatdorlik bildirgan Pens şifokorlarga.
Pens rafiqasi bilan birga “xavfsiz va samarali vaksina” bilan emlanişda örnak körsatişdan xursandligini aytgan.
“Işonamanki, uşbu hafta koronavirus pandemiyasi yakunining boşlanişi sifatida tarixda qoladi”, deb qöşimça qilgan AQŞning amaldagi vitse-prezidenti.
Joriy haftada AQŞda Pfizer va BioNTech vaksinasini ommaviy qöllaş boşlandi.
Şuningdek, 18 dekabrda AQŞ Moderna kompaniyasi işlab çiqqan yana bir vaksinani qöllaş uçun ma'qullagani ma'lum böldi.













