Ayni vaqtda Özbekistonda bir qator köngillilar koronavirusga qarşi vaksina bilan emlanmoqda. Bu jarayon ommaviy emas, vaksinaning samaradorligini sinovdan ötkaziş maqsadida amalga oşirilayotgan 3-faza klinik-sinov jarayonlaridir. Şu bois, emlaşga kimlar jalb qilinişi, vaksina yuborişdan oldin köngillilar qay tartibda tibbiy körikdan ötkazilişi, uni qabul qilgan odamlarning salomatligidagi özgarişlar qanday nazorat qilib borilişi borasidagi savollar jamoatçilik e'tibor markazida bölib turibdi. SSV matbuot xizmatining bu boradagi savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Botirjon Qurbonov javob berdi.

— Ilmiy tajriba sifatida ötkazilayotgan emlaş jarayonida kimlar qatnaşişi mumkin?
— Avvalo, aholi vakillari uşbu emlaş jarayoni vaksinaning xavfsiz va samarali ekanini aniqlaş hamda uning mintaqamiz şaroitida qanday ta'sir etişini tadqiq qiliş maqsadida ötkazilayotganini unutmasliklari lozim.
Klinik-sinov tarzida ötkazilayotgan emlaşda 18 yoşdan oşgan köngilli fuqarolarimiz qatnaşa oladi. Ular Covid-19 infeksiyasi bilan umuman zararlanmagan bölişlari talab etiladi. Çunki koronavirusga çalinib tuzalganlar tanasida antitanaçalar mavjud bölib, vaksinaning organizmga qanday ta'sir qilganini aniqlaşga xalaqit beradi.
Bundan taşqari, ayni vaziyatda koronavirus bilan oğrigan bemorlarga ham vaksina qilinmaydi. Köngilli yurtdoşlarimiz tibbiy körikdan ötkazilib, turli surunkali kasalliklardan xoli ekani örganiladi. Surunkali kasalligi bor va isitmalayotgan, qon bosimi me'yoridan yuqori, qon kasalliklari mavjud, immun tanqisligi bilan kasallangan, saratonga çalingan bemorlar hamda homilador va farzand köriş istagidagi ayollar ham bu jarayonda qatnaşişi mumkin emas.
— Emlaşdan oldin qanday tibbiy tekşiruvlardan ötkaziladi?
— Emlaşdan oldin köngilli fuqarolarning qon tahlili ekspress usulda örganiladi. Bunda organizmda infeksiyaga qarşi antitanaçalar yöqligi hamda koronavirus kasalligiga çalinmagani aniqlanadi. Şuningdek, burun va halqumdan olingan surtmalar PZR orqali tekşirilib, tanada Covid-19 virusi yöqligiga işonç hosil qilinadi.
— Ayni paytgaça qança köngilli emlandi?
— Şu yilning 22 dekabr sanasiga köra, 226 nafar köngilli fuqarolar vaksina bilan emlandi. Yurtdoşlarimizning vaksina töğrisidagi fikr-mulohazalarini bildirişi hamda köngilli sifatida emlaşda qatnaşiş niyatida murojaat qilişi uçun Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan maxsus sayt yaratilmoqda. Ayni paytda nazoratga oliş imkoni keng bölgani uçun asosan poytaxtda yaşovçi köngilli yurtdoşlarimiz uşbu vaksina bilan emlanmoqda.
Qayd etiş joiz, köngillilar koronavirusga qarşi klinik-sinov tarzda emlanayotgan Xitoyning «Rekombinat» vaksinasi birinçi va ikkinçi klinik-sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli ötgan. Şu paytgaça uçinçi faza klinik-sinovlari davomida emlanganlar örtasida ham salbiy asoratlar aniqlanmagan. Ular doimiy ravişda şifokorlar nazoratida bölib turibdi.












