Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov yakka tartibda yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilar ham  özini özi band qilgan şaxslar sifatida e'tirof etilişini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

«Masalaning yeçimini öylaganda, yölovçilar xavfsizligini ta'minlaş ustuvor masala bölyapti. Haydovçining soğliği va maşinaning texnik körigi mutasaddilar tomonidan nazorat qilinişi lozim. Transport vazirligining taklifi bilan, taksi agregat kompaniyalari (Yandeks, MyTaxi kabi ilovalar – tahr.) bilan yaqindan hamkorlik qiliş haqida öylanmoqda. Şunda, haydovçilar maxsus örnatilgan moslamalar orqali soğliğini avtomatik tekşiruvdan ötkazişi ham nazarda tutilgan», — deydi u.

Moliya vaziri örinbosarining aytişiça, köçalarda alkotester va köz orqali inson soğliğini aniqlaydigan maxsus moslamalar örnatiladi va haydovçilar şunday nuqtalarga kelib, vaqti-vaqti bilan moslama bilan muloqotda böladi.

Dilşod Sultonov taksi haydovçilari ham  özini özi band qilgan şaxslar qatoriga qöşilib, 12 oy uçun bir marta 223 ming söm tölagan holda öz faoliyati bilan bemalol şuğullanişi mumkin ekanini aytdi.

«Ularning daromadlari soliqqa tortilmaydi. Tölanadigan 223 ming söm esa pensiya va staj hisoblaş uçun yönaltiriladi. Ya'ni, haydovçilarning kelgusida staji ham, pensiya ham böladi», — deydi u.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan matbuot anjumanida Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Fazliddin Umarov kirakaşlik bilan şuğullanayotganlar nima uçun özini özi band qilgan fuqarolar röyxatiga kiritilmagani haqidagi savolga javob qaytargandi.

Uning ta'kidlaşiça, kirakaş özini özi band qiluvçi sifatida röyxatdan ötsa, aholining xavfsizligini ta'minlaş bilan boğliq masala yuzaga keladi, ya'ni, aholi taşiş bilan şuğullanuvçi korxonalarga qöyiladigan talablarni har bir özini özi band qilgan kirakaş ham bajarişi kerak.

Avvalroq, keng jamoatçilik 2021 yil 1 yanvardan jismoniy şaxslarga özini özi band qilgan şaxslar sifatida 5 kişidan köp bölmagan örindiqli (haydovçini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida taşiş faoliyatini amalga oşirişga ruxsat berilişini kutayotgandi. Ammo uşbu kutilma amalga oşmagan.

Sentyabr oyi boşida moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov taksiçilarni ham özini özi band qilganlar röyxatiga qöşiş böyiça işlanayotgani va bu böyiça 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilişini ma'lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, şu yil 19 maydagi prezident selektorida taksiçilar daromad soliğini tölaşdan ozod etilişi ma'lum qilingan, ammo 9 iyunda e'lon qilingan tegişli qarorda taksiçilar közda tutilmagandi.