Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş uçun Rossiya neft sektoriga qarşi sanksiyalar joriy etiş «juda real imkoniyat». Bu haqda AQŞ energetika vaziri Kris Rayt 22 iyul, seşanba kuni Fox News telekanalida ma’lum qildi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Rossiya nefti xaridorlariga 100 foizlik jazo bojlari joriy etişi mumkinligi bilan tahdid qilgandi. Agar Moskva Tramp tomonidan Rossiyaga ajratilgan, sentabr oyi boşida tugaydigan 50 kunlik muddat oxirigaça Kiyev bilan tinçlik kelişuviga rozi bölmasa, bu sanksiyalar kuçga kirişi mumkin.
«Bu Rossiyaga katta bosim», dedi Kris Rayt Fox News telekanaliga bergan intervyusida. «Bu ularga (ruslar) bölişi mumkin bölgan eng katta bosim». Vazirning eslatişiça, Qöşma Ştatlar dunyodagi yetakçi neft va gaz qazib oluvçilardan biri bölib, bu ularga «ilgari tasavvur qilib bölmaydigan» qadamlar qöyiş imkonini beradi.
21 iyul oqşomida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik örnatiş böyiça muzokaralarning navbatdagi raundi 23 iyul kuni Istanbulda ötkazilişi kerakligini ma’lum qildi. Ukraina rahbarining sözlariga köra, bölajak uçraşuvning asosiy mavzulari öt oçişni töxtatiş, yana bir asirlar almaşinuvi va Rossiyaga noqonuniy olib ketilgan ukrainalik bolalarni vataniga qaytariş bölişi kerak. Zelenskiy, şuningdek, muzokaralar uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuviga tayyorgarlikni boşlaşini aytdi.












