«Bugungi kunda taksiçilar har kuni tibbiy va texnik körikdan ötişi kerak bölgan yuridik şaxs hisoblanadi. Davlat rahbari esa taksiçilarni ham öz-özini band qiluvçi toifaga kiritiş haqida topşiriq bergan edi. Buni amalga oşiriş uçun 1-1,5 oy vaqt ketişi möljallangandi. Hozir bu böyiça işlar olib borilmoqda. Lekin texnik işlarni kelişiş qiyin bölmoqda.

Çunki ularning faoliyat yuritişi uçun ayrim talablar bor. Birinçidan, taksiga çiqqan yölovçi kim bilan ketayotganini bilişi şart. Ikkinçidan, taksilar ma'lum muddatda texnik körikdan ötib borişi kerak. Hozir bu böyiça Transport vazirligi bilan kelişuv olib borilmoqda.

Haydovçilarning har hafta yoki har kuni tibbiy körikdan ötişi masalasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan muhokama qilinmoqda», dedi Dilşod Sultonov.

Uning aytişiça, taksiçilarni ham özini-özi band qilganlar röyxatiga qöşiş böyiça qilinayotgan işlar haqida 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.

«Bunda öta ehtiyotkor böliş talab etiladi. Sababi bir tomonda özini band qilgan fuqaro manfaati tursa, ikkinçi tomonda jamoatçilik manfaati turadi», dedi Dilşod Sultonov.

Şuningdek, matbuot anjumanida Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Olimjon Fayziboyev hozirga qadar 67 mehnat turi böyiça 370 mingdan ortiq fuqaro öz-özini band qiluvçi sifatida röyxatdan ötganini aytib ötdi.

Qayd etilişiça, özini özi band qilgan fuqaro sifatida yil oxirigaça 500 mingga yaqin şaxs röyxatdan ötişi kutilmoqda. Hozirga qadar Toşkent şahri, Farğona, Namangan va Buxoro viloyati fuqarolari  özini özi band qiluvçilar röyxatida faollik körsatmoqda.