AQŞ tarixida birinçi marta oxirgi bir yil içida federal hukumat barça 50ta ştat qatl etganlar sonidan ham köproq mahkumni qatl etgan.

 Amerikaning Ölim jazolari böyiça axborot markazi öz hisobotida ma'lum qilişiça, oxirgi bir yilda barça ştatlarda yettita qatl ijro etilgan bölib, bu oxirgi 37 yil davomidagi minimum körsatkiç hisoblanadi. Ammo federal hukumat 10 kişini qatl etgan. Jozef Baydenning inauguratsiya marosimigaça ular soni 13 nafarga yetişi mumkin.

"Bunça miqdordagi federal qatllar 1896 yilda, Grover Klivlendning ikkinçi prezidentligi davrida amalga oşirilgan", — deydi markaz ijroçi direktori Robert Danem CNN bilan suhbatda.

Hozirda AQŞda 2591 kişi, ulardan 52 nafari federal darajadagi ölim hukmi ijrosini kutmoqda. Odatda oliy jazoga mahkum qilinganlar bir kişilik kamerada örtaça 11 yil ötiradi. Bu muddat barça apellyatsiyalar va afv etiş töğrisidagi iltimosnomalarni körib çiqiş uçun yetadi.