Bundan ikki yil avval Pop tumanining Uç uyli mahallasi hududida tadbirkor tomonidan 48 mlrd mablağ evaziga zamonaviy savdo majmuasi va ekopark barpo qilingan edi. «Pop Baraka bozori» aholiga kunlik va haftaning har yakşanba kuni xizmat körsatib keladi.

Mazkur hududda hozirda 322 ta savdo dökoni, 18 ta göşt dökoni, 250 ta usti yopiq savdo rastasi, 1000 ta haftalik savdo qiluvçilar uçun örinlar, 12 ta sut va sut mahsulotlari bilan savdo qiliş uçun rastalar, 10 ta oşxona, zamonaviy pavilon içida 176 ta savdo rastasi, 40 örinli zamonaviy mehmonxona, 2 ta namozxona, 600 örinli avtoturargoh, 2 ta 16 örinli hojatxona, avtostansiya va bank binosi aholiga xizmat qilmoqda.
Bundan taşqari, u yerda 3,5 mlrd mablağ evaziga Pop tuman davlat xizmatlari markazi qurilib, xalq xizmatiga topşirilgan.
Barça qulayliklarga ega uşbu savdo markaziga tuman aholisi uçun bepul avtobuslar qatnovi ham yölga qöyilgan.
Bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkor fuqarolarni esa mahalliy xalq tilida aytganda, «Yangi bozor» – «Pop Baraka bozori» hududiga köçiriş böyiça tuman hokimining 2019 yil 24 maydagi 89-F sonli, 2020 yil 22 dekabrdagi 196-F sonli farmoyişlari qabul qilingan va ijro böyiça viloyat va tuman rahbarlari hamda mutasaddilari iştirokida tadbirkor fuqarolarga bir neça marotaba davomiy ravişda tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Lekin tuşuntiriş işlariga qaramay, mana ikki yildirki, yaroqsiz holatga kelib qolgan eski bozor hududida savdo qiluvçi ayrim sotuvçilar haligaça yangi bozorga köçib ötişni istaşmayapti.



Ularning aytişiça, yangi bozor şahar hududidan 1–2 km uzoqroqda joylaşgan, qolaversa, yölovçi taksilarning bekati ham aynan mana şu eski bozorga yaqin ekan. Şu sababli xaridorlar eski bozordan savdo qilişga odatlanib qolişgan ekan. Vaziyatni örganiş maqsadida sotuvçi va xaridorlar fikrini örgandik.
Aslida, bu eski bozor muassislari bilan tuman hokimligi örtasida tuzilgan yer ijara şartnomasi bekor qilinib, foydalanuvida bölgan 0,87 ga yer maydoni tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobiga qaytarilgan.
Ma'lumot uçun, Pop şahar markazidagi sobiq «Pop dehqon bozori» va uning tutaş hududida ijtimoiy soha obektlari, aholiga savdo va maişiy sohada xizmat körsatiş şoxobçalari, köp qavatli zamonaviy turar joy binolari, bolalar boğçasi qurilib, 150 ta işçi örni yaratiş rejalaştirilgan.
«Mega Sport Club» MÇJ tomonidan kiritilgan loyiha taklifida sobiq «Pop Dehqon bozori»ga tutaş hududda joylaşgan savdo dökonlari egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilgan holda ular bilan kelişuvga erişiş maqsadida 3 ta kelişuv taklifi berilgan, ya'ni:
· ularga tegişli bölgan savdo dökonlarini xususiy baholovçilar tomonidan baholangan summasini töliq tölab beriş;
· hozirda foydalanib kelayotgan savdo dökoni örnida teng qiymatda yangi zamonaviy dökon qurib beriş;
· ularning dökonlari örnida yangi dökonni qurib bitkazgunga qadar «Pop savdo markazi» MÇJda mavjud yangi qurilgan dökonlardan bepul asosda beriş.
«Pop Baraka bozori» MÇJ rahbari Rustam Mirzaxolovning ta'kidlaşiça, hozirda sobiq dehqon bozoridan kelgan barça savdogarlar va sotuvçilar uçun joy ajratiş va zarur şaroitlarni yaratib beriş işlari olib borilmoqda.

Öylaymizki, uşbu bozor sotuvçilar uçun ham xaridorlar uçun ham birdek manfaatli böladi.

P.S. Lavhamiz tayyor bölib, e'lon qiliniş jarayonida eski bozor hududidagi savdogarlar tuşuntiriş işlaridan söng yangi bozor hududiga köçib ötgan. Bu haqida bizga tuman hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Yulduzxon Yuldaşeva, Kun.uz muxbiri.












