Boş prokuratura huzuridagi departamentning Pop tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Unda «Pop tumangaz» operatori N.R. hamda muqaddam sudlangan fuqaro P.Z. fuqarolar Z.Yu. va S.Yu.ning xonadonlariga tabiiy gaz tarmoğini tortib keliş va ruxsatnoma olib berişni vaʼda qilgani aniqlangan.

Maʼlum qilinişiça, ular bu işni göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali hal qilib beriş evaziga 2 100 AQŞ dollari söragan.

Şundan 200 dollar avval firibgarlik yöli bilan qölga kiritilgan. Tezkor tadbir davomida esa gumonlanuvçilar qolgan 1 900 dollarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida N.R. tomonidan avval olingan 200 dollar qaytarilgan va bu protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi - firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.