Cobalt uçun çegirma berilişi va hatto foizsiz bölib tölaş imkoniyatining oçilişi – avtomobil bozori qançalik özgarib ketganini yaqqol körsatuvçi eng yorqin va ramziy misolga aylandi. Kun.uz içki bozorda avtomobillar narxi pasayayotganini izohlovçi beşta asosiy omilni sanab ötadi.
Özbekiston avtomobil bozorida bir neça ön yilliklar davomida "sotuvçi diktaturasi" hukm surib keldi. Maşina narxining teng yarmiga yaqin boj tölovi, sertifikatlaş va boşqa notarif tösiqlar hamda içki tanlov imkoniyatining çeklangani şaroitida talab faqat ösib borardi. Yaqin-yaqingaça yilda ikki marta 4-5 soatgagina oçiladigan şartnoma uçun yopiq eşiklar ortidagi öyinlar, ur-töpolon va navbatlar köpçilikni ajablantirmas, odatiy holday qabul qilinardi. Ammo vaziyat özgaryapti.
Masalan, içki bozordagi asosiy öyinçi bölgan UzAuto Motors'ning savdo siyosatini olaylik. Dastlab, Tracker va Onix kabi modellar xaridorlarga boşlanğiç tölov bilan özining narxida nasiyaga berila boşladi. Keyinçalik bunday imkoniyat Damas uçun ham taqdim etildi.
Haqiqiy kulminatsion nuqta kompaniyaning eng talabgir avtomobili – Cobalt'ni ham 50 foizlik boşlanğiç tölov bilan 11 oygaça özining narxida xarid qiliş imkoniyatining paydo bölişi böldi.
Bir neça kun oldin esa Captiva'ga 45 mln sömgaça, Cobalt'ga 15 mln sömgaça çegirma eʼlon qilindi. Bunday özgarişlar 30 yoşni qarşi olayotgan UzAuto Motors'ning özbekistonliklarga azbaroyi saxiyligi uyğonib ketganidan emas, balki bir qator fundamental omillar taʼsirida yuz beryapti.
Nega maşinalar arzonlayapti?
Birinçidan, bozorda taklif hajmi yildan yilga oşib boryapti. Masalan, 2017-yilda mamlakatda 135 mingta avtomobil işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç 2025-yilda qariyb 458 mingtani taşkil etdi va 8 yilda 3,4 barobarlik ösiş kuzatildi. Birgina 2021-yilni hisobga olmasa, işlab çiqariş har yili sezilarli darajada oşib kelyapti.

Bu esa öz navbatida aholining avtomobillaşuv darajasiga bevosita taʼsir qildi. 2010-yilda 100 ta uy xöjaligiga töğri keladigan yengil avtomobillar soni 21 tani taşkil etgan bölsa, 2015-yilda 41 taga, 2020-yilda 49 taga, 2025-yilda esa 61 tagaça oşdi.

















