Alohida ştatlarning harakatlaridagi nomuvofiqlik va koronavirusga qarşi kuraşda yagona yondaşuvning yöqligi AQŞning pandemiyadan boşqa mamlakatlarga nisbatan kuçliroq jabr körişiga olib keldi. AQŞning boş infeksionisti Entoni Fauçi ana şunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda CNN.

 Fauçining ta'kidlaşiça, pandemiya ştatlar orasidagi çegarani bilmaydi, şuning uçun unga qarşi kuraş çoralarida muayyan boğliqlik talab qilinadi. Ammo uning sözlariga köra, ayrim ştatlar harakatlarida sezilarli tafovutlar közga taşlandi va virus tarqalişini töxtatişda yagona yondaşuv bölmadi.

«Qöşma Ştatlarning eng köp jabr körgan mamlakatga aylanişiga köplab omillar sabab böldi, ammo ştatlarning turliça yöl tutişlari pandemiyaga qarşi kuraşdagi eng ojiz tomonimiz böldi», — dedi Fauçi.

Uning qöşimça qilişiça, virusga qarşi çoralarning, xususan, niqob taqişning siyosiylaştirilişi ham mamlakatning pandemiyaga qarşi kuraşişiga salbiy ta'sir körsatdi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, AQŞda koronavirus yuqtirganlar soni 19 milliondan oşgan. Mamlakat kasallikka çalinganlar soni böyiça dunyoda birinçi örinda turibdi.