Poçettino Leoni Parijda körmoqçi

«Pari Sen-Jyermen» hali yangi boş murabbiyni taniştirmadi, ammo Tuxelning örnini Maurisio Poçettino egallaşi kundek ravşan.
Le Parisien ma'lumotiga köra, «Tottenhem»dan ketgaç işsiz yurgan argentinalik mutaxassis «PSJ» rahbariyatiga öz talablarini qöygan — u jamoada «Barselona» hujumçisi, vatandoşi Lionel Messini körişni istamoqda. Manba ma'lumotiga köra, bu şart bajarilmasa, argentinalik mutaxassis parijliklar taklifini rad etmoqçi.
33 yoşli Messining kataloniyaliklar bilan şartnomasi 2021 yil yozida tugaydi, agar klub u bilan yaqin vaqtlar içida şartnomani yangilamasa, yozda uni erkin agent sifatida qöyib yuborişiga töğri keladi. Transfermarkt uning transfer narxini 100 million yevroga baholagan.
Messi klubdan ketişi haqida yozda ham xabarlar tarqalgandi, u şu kunlarda La Sexta uçun bergan intervyusida mavsum oxiriga qadar heç qayerga ketmasligini ma'lum qildi.
«Men «Barselona»ni sevaman. «Barselona» - mening hayotim, bu menga barçasini bergan klub. Men hozirda qiyin davrni boşdan keçirayotganimizni, avvalgi darajaga qaytişimiz qiyinligini tuşunaman. Mavsum yakunigaça boşqa biror klub bilan muzokara olib bormayman. Mavsum söngini kutaman va keyin qaror qabul qilaman», degan u.
Şu bilan birga, u özi heç qaçon ötmaydigan klublarni ma'lum qilgan. «Men albatta, «Real» yoki «Atletiko»ga ötmayman. Bu ilojsiz. «Barselona»ni tark etamanmi yoki yöqmi, bilmayman. Bu haqda mavsum oxirida gaplaşamiz. Ammo faoliyatimni yakunlagandan keyin klubda qolaman, degan umiddaman», degan Messi.
Ötgan haftada Messi «Barselona» libosidagi 844-golini urdi va bir klub safida urilgan gollar soni böyiça Peleni ortda qoldirdi. Ammo «Santos»dagilar Messi heç qanday rekord örnatmaganini aytişmoqda: Pele brazillar klubida 1091 gol urgan, ammo uning statistikasiga örtoqlik uçraşuvlarida urilgan 448 gol kiritilmagan.
Messi joriy mavsumda kök-anorranglilar klubi safida 18 öyin ötkazib, 10 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.
Eriksen qayerga ötadi?

«Inter» Kristian Eriksenni sotib olganiga bir yil tölmasidan uni transferga qöydi. «Eriksen yanvarda jamoani tark etadi, u bizning rejalarimizga kirmaydi», degan «Inter» klubi boş direktori Juzeppe Marotta.
Daniyalik futbolçi şu yilning yanvarida «Tottenhem»dan Italiyaga kelgan, londonliklarning yangi boş murabbiyi Joze Mourino ham uni rejalariga kiritmagandi. Öşanda futbolçining transferi uçun milanliklar 27 million yevro sarflaşgan. Eriksen Konte jamoasida ham asosiy tarkibga kira olmadi - joriy mavsumda 28 yoşli futbolçi A Seriyaning atigi 8 öyinida maydonda paydo bölgan.
Iqtidorli futbolçiga «Milan», «Bavariya», «Arsenal» va «Mançester Yunayted» klublari qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar çiqib turibdi.
Sönggi xabarlarga köra, daniyalik futbolçi Parijda sobiq ustozi Maurisio Poçettino bilan yana birga işlaşi mumkin. Tuttomercatoweb xabariga köra, transfer doirasida Leandro Paredes «Inter»ga ötişi mumkin.
The Sun naşrining yozişiça, «Tottenhem» yarimhimoyaçisi Dele Alli ham «PSJ»ga kelişi mumkin. Poçettino ayni vaqtda 24 yoşda bölgan angliyalik futbolçi bilan yaxşi taniş, uning plyuslari va minuslaridan xabardor. Joze Mourino boşqaruvi davrida Alli murabbiy bilan munosabatlarini yomonlaştirib, zaxira örindiğida qolib ketdi. Bu esa uşbu transfer amalga oşişi haqiqatga yaqin ekanini anglatadi.
«Tottenhem»ning yana bir futbolçisi Serj Ore ham Parijga qaytişi mumkin. «Qaytişdan xursand bölgan bölardim. Men Parij klubidan taklifni heç qaçon qaytarmayman. «PSJ» - mening sevimli klubim», degan u Actu Foot naşriga. Ore Parij klubidagi ikki yillik faoliyatidan keyin 2017 yilda 15 million yevro evaziga «Tottenhem» futbolçisiga aylangandi.
Tuxel ketişi haqidagi xabarlardan oldinroq Parij klubi «Çelsi»dan 27 yoşli Antoni Ryudigerni sotib olmoqçiligi haqida xabarlar tarqalgandi. Konte davrida klubga taklif etilgan uşbu futbolçi Lempard davrida klubining asosiy tarkibidan tuşib qolgan.
«Tottenhem»ga kim boradi?
Bundesliganing eng yaxşi futbolçilaridan biri bölib turgan, bir neça mavsumdan buyon «Leypsig» safida barqaror öyin körsatib kelayotgan Marsel Zabitser öz kuçini boşqa ligalarda ham sinab körişi mumkin. Ayni vaqtda 27 yoşli avstriyalikka «Tottenhem» qiziqiş bildirmoqda. Bild naşri xabariga köra, Joze Mourino uşbu havbekning öyinlariga şaxsan qiziqiş bildirgan va Zabitser ham Londonga köçib ötişga qarşi emas.
Futbolçi hozirgi klubida yiliga 6 million yevro miqdorida maoş oladi, «Leypsig» esa uning maoşi miqdorini kötarişi dargumon. «Tottenhem» bahordayoq uşbu futbolçi transferini amalga oşiriş haqida öylaşni boşlagan - uning YeÇLdagi öyinlari jamoa boş murabbiyida katta taassurot qoldirgan.
«Real» Pepe uçun kuraşga qöşildi

«Gremio» vingeri Pepe top-klubda paydo bölişi mumkin. SporTV naşrining yozişiça, «Real» uşbu 23 yoşli futbolçini kuzatmoqda va uning transferi uçun 20 million yevro tölaşga tayyor - «Gremio» transfer uçun aynan şunça mablağ söramoqda.
Şu bilan birga, brazillar klubi Pepe böyiça heç qanday taklif kelib tuşmaganini ta'kidlamoqda. Avvalroq uşbu braziliyalikka «Zenit», «Sevilya» va «Portu» klublaridan ham qiziqiş mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi. «Roma»esa moliyaviy jihati tufayli raqobatdan çiqqan.
Joriy mavsumda 12 gol urib, 8 golga uzatma bergan futbolçining özi ham Yevropaga yöl olişni közlamoqda. Pepening agenti Adriano Spadoto hozirda ruslar klubi bilan ilk maslahatlaşuvlar bölib ötgani, lekin rasmiy tomondan heç gap yöqligini aytgan.
«Zenit» yana bir brazil uçun 40 million yevro tayyorlamoqda

«Zenit»ni Malkomning transferi muvaffaqiyatsiz çiqqani uçun tez-tez tanqid qilib turişadi. Fichajes.net ma'lumotiga köra, piterliklar klubi şunga öxşaş yana bir transferga tayyorgarlik körişmoqda. Bu safar gap «Everton»ning 23 yoşli forvardi Rişarlison haqida ketmoqda - klub uşbu futbolçini sotib oliş uçun 40 million yevro sarflaşga tayyor. Transfermarkt.de portali futbolçining transfer qiymatini 60 million yevroga baholagan.
Xabarlarga köra, «Zenit» Braziliya terma jamoasiga nomzod bölgan futbolçi uçun yiliga 10 million yevrodan maoş tölaşni nazarda tutuvçi 5 yillik şartnoma taklif qilmoqçi. Rişarlison - Malkomning yaqin dösti bölib, bu ham transfer amalga oşişiga hissa qöşişiga umid bildirilmoqda.
Rişarlison 2018 yilda «Uotford»dan 39 million yevro evaziga «Everton»ga ötgandi. Joriy mavsumda u Angliya çempionatida 11 öyinda maydonga tuşib, 2 gol urdi va 3 golga uzatma berdi.
Marselo «Real» bilan xayrlaşadimi?
Madridning «Real» klubi faxriylaridan biri Marselo qişki transferlar oynasi vaqtida klubni tark etişi mumkin.
El Chiringuito manbasi ma'lumotiga köra, 32 yoşli braziliyalik Ispaniya çempionatining 11-turida «Alaves»ga qarşi keçgan va 1:2 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyindan keyin jamoadoşi Rafael Varan bilan urişib qolgan. Bundan taşqari, futbolçi boş murabbiy Zinedin Zidanning işonçini yöqotgan, u çap qanot himoyasida Ferlan Mendini öynatişni ma'qul körmoqda. Şu tufayli Marselo ketiş haqida öylay boşlagan.
Yanvar oyida braziliyalik futbolçi «Real»ga kelganiga 14 yil töladi. Uning madridliklar klubi bilan amaldagi şartnomasi muddati 2022 yil iyunida tugaydi.
Iskoning örniga «Real»ga Foden keladimi?

Şu kunlarda «Real»da besaranjomlik hukm surmoqda. Diario Gol ma'lumotiga köra, Isko özini transferga qöyişlarini söragan. Buning sababi u jamoa sardori Serxio Ramos bilan ziddiyatga borgan, sardor uni maşğulotlar vaqtida işga töğri yondaşmaslikda ayblagan. Jamoaning boşqa vakillari ham Isko özini bunday tutayotganidan norozi bölişgan. Öz navbatida, Isko Ispaniya terma jamoasidan çaqiruv oliş uçun köproq öyin amaliyotiga ega bölişi kerak deb hisoblamoqda va rahbariyatdan özini transferga qöyişlarini söragan.
Iskoning örniga «Real»ga angliyalik 20 yoşli Fil Foden kelişi mumkin. Mirror naşri ma'lumotiga köra, madridliklar klubi futbolçini ança vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda va uni 2021 yilda transfer qilişni möljallagan. Madriddagilar uşbu yarimhimoyaçi «Siti»da yetarli öyin amaliyotiga ega bölmayotganidan foydalanib qolişmoqçi. Oktyabr oyidan buyon Foden Angliya çempionati öyinlarida biror marta ham boşlanğiç tarkibdan joy olmadi. Transfermarkt.de futbolçining transfer qiymatini 60 million yevroga baholagan.
«Arsenal» Brandtni sotib olmoqçi

«Arsenal» derbida «Çelsi» ustidan ğalaba qozondi, öyindan oldin esa jamoa muxlislari uçun yoqimli xabar tarqalgandi: Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyaçisi Yulian Brandt «Arsenal»ga ötişi kutilmoqda.
Nufuzli The Athletic naşri tarqatgan xabarga köra, «kanonirlar» Dominik Soboslai bilan uzoq vaqt mobaynida muzokara olib borişgan, ammo vengriyalik yoş yulduz «Zalsburg»dan «Leypsig»ga ötişga qaror qilgaç, London klubi rahbariyati Brandt nomzodiga yuzlangan. Xabar qilinişiça, London klubi 24 yoşli futbolçini qişki transferlar darçasidayoq sotib olişga harakat qiladi.
Alaba Myunxendan ketadi

David Alabaning «Bavariya»dan ketişi, aftidan, aniq bölgan. Myunxenliklar klubi 28 yoşli himoyaçisi bilan şartnomani uzaytirmoqçi böldi, ammo avstriyalik futbolçi ketişga qaror qildi. «Bavariya» bilan şartnoma muddati 30 iyunda tugaydi, şunday ekan, yanvardan Alaba boşqa klublar bilan oçiq muzokaralarni boşlaşi mumkin.
Hozirda bu universal futbolçi uçun navbat hosil bölmoqda. Bild jurnalisti Kristian Falk Twitter orqali Alabaning agenti Pini Zahavi hozirça «Mançester Yunayted» va «Mançester Siti» bilan muzokaralarga kirişmagani, ammo yanvarda tomonlar örtasida uçraşuvlar bölib ötişi haqida yozdi. Bundan taşqari, Alaba va Zahavi «Real», «Barselona» va «Çelsi» klublaridan ham takliflar kutmoqda. Katta ehtimol bilan, avstriyalik yanvardagi transferlar doirasida boşqa klubga borib qöşiladi.
«Çelsi» Holandni sotib olmoqçi
Norvegiyalik hujumçi Erling Holand ötgan qişdayoq «Çelsi» a'zosiga aylanişi mumkin edi — London klubi «Zalsburg» bilan muzokaralar olib borgan, ammo vunderkind Dortmundning «Borussiya» klubini tanlagandi (The Telegraph naşri yozişiça, Holand öz faoliyatini bosqiçma-bosqiç rivojlantirişni afzal körgan).
Bu qişda «Çelsi» uşbu 20 yoşli forvardni safiga qöşib oliş uçun yana bir bor urinib köradi. Sky Sport Italia naşrining yozişiça, Holand — köklar klubining yaqin kelajak uçun asosiy nişoni. Xabar qilinişiça, «Çelsi» «Borussiya» bilan barça masalani yanvarda hal qilib qöymoqçi, futbolçi transferi yozda amalga oşirilişi mumkin. Klublar bu sxemadan ikki yil muqaddam foydalanişgan, öşanda Londonga Dortmunddan amerikalik yarimhimoyaçi Kristian Pulişiç yöl olgandi.
«MYu» uçun yangi himoyaçi?

«Qizil iblislar» mudofaani kuçaytiriş uçun futbolçi izlaşda davom etmoqda. Daily Mail naşri «Mançester Yunayted» tarkibga taklif etmoqçi bölayotganlar orasida «Şalke»ning 20 yoşli markaziy himoyaçisi Ozan Kabakni alohida ajratib körsatdi. Turkiyalik bu futbolçi avval ham premer-liga klublari nazariga tuşgandi: yozda «Şalke» öz futbolçisi uçun «Liverpul»dan 44 mln yevro söragandi. Naşrning qayd etişiça, koronavirus pandemiyasi ta'siri tufayli «Şalke» Kabak uçun narxni tuşirişga tayyor va uni «MYu»ga 27,5 million yevroga sotişi mumkin.











