Bugun qişki transferlar oynasining sönggi kuni. Yevropa klublarida öziga kerakli futbolçilarni topiş va tarkibni kuçaytiriş uçun sanoqli soatlar qolmoqda. Kuçli beşlik çempionatlarida 2 fevralga ötar keçasi yangi transferlarni röyxatga oliş töxtatiladi.

Quyida şu qişdayoq jamoasini özgartirişi mumkin bölgan futbolçilar önligi keltiriladi.

Mateta bir oyoği bilan «Milan»da

«Milan» yanvar oyi boşida hujumçi olib bölgandi – «Vest Hem»dan Niklas Fyullkrug ijaraga olingan. Ammo skudetto uçun kuraşayotgan futbolçi bu bilan çeklanmoqçi emas.

 Endi klub «Kristal Pelas» safida APLda sönggi ikki yarim mavsumda 38 gol urişga erişgan fransuz hujumçisini tarkibiga qöşib oliş arafasida. Taniqli insayder Fabritsio Romano va Italiyadagi La Gazzetta dello Sport naşri uşbu transfer hal bölganini yozişgan. Mateta tibbiy körikdan ötiş arafasida. «Rossonerilar» futbolçi uçun 30 million yevro tölaydi va qöşimça bonuslar va’da qiladi.

Bu qişda Jan-Filipp uçun jiddiy raqobat keçdi. Avvaliga barça u «Yuventus»ga ötişi haqida yozayotgandi, ammo tomonlar pul böyiça ham, transfer şartlari borasida ham kelişa olişmadi – inglizlar yanvar örtalarida asosiy hujumçisi uçun 40 million yevro sörayotgandi. Keyin futbolçi uçun kuraşga «Nottinghem Forest» qöşildi va 35 million yevro taklif etdi – ba taklif ham rad etildi. Bunda «Pelas» öz yetakçisini APLdagi raqobatçisiga sotişni istamagani ham rol öynadi. 28 yoşli forvardga «Tottenhem» ham qiziqqandi, ammo Randal Kolo Muani «Yuve»ga qaytmaydigan bölgaç, muzokaralar töxtagan. Yakunda futbolçining özi klub rahbariyatiga ketiş istagini bildirgaç, italyan klubi taklifi qabul qilingan.

Bu vaqtda «Milan» Matetaga joy böşatiş uçun ötgan qişda «Çelsi»dan sotib olingan Kristofer Nkunkuni sotuvga qöygan – unga «Fenerbahçe» va «Roma» klublaridan takliflar bor.

«Pelas» yangi forvard kerak

Londonliklar endi Mateta örniga 50 million yevro sarflab, «Vulverhempton» hujumçisi Yorgen Larsenni olib kelmoqçi. «Börilar» birinçi davrani juda yomon ötkazdi, norvegiyalik hujumçi esa birgina gol (penaltidan) va bir assist bilan çeklandi. Şu bilan birga, u içki kubok öyinlarida yaxşi körsatkiçga ega –  tört öyinda 5+1.