1 yanvar holatiga köra, 29 mamlakatda 11 millionga yaqin kişi koronavirusga qarşi emlandi. Bu haqda Blumberg agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga köra, eng köp vaksina qabul qilganlar Xitoyda bölib, bu mamlakatda 4,5 milliondan ortiq kişi emlangan.
AQŞda ommaviy emlaş 14 dekabrda boşlangan va hozirga qadar 3,49 million doza vaksina qöllanilgan.
1 yanvar kuni Isroil mamlakatda bir millioninçi kişi koronavirusga qarşi emlanganligini ma'lum qildi.
Blumberg ma'lumotiga köra, Buyuk Britaniyada ham vaksina olganlar soni 950 mingga yaqinlaşdi.
Rossiya soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko mamlakatda 800 mingdan ortiq kişi emlanganini ma'lum qildi.
Şuningdek, Germaniya, Kanada, Bahrayn, Polşa, Italiya, Daniya, Portugaliya, Meksika, Sloveniya va Çilida ham ommaviy emlaş kampaniyasi boşlangan.
Ayni paytda ommaviy vaksinatsiyada Pfizer-BioNTech, Moderna, AstraZeneca, Sinopharm kompaniyalari va Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi işlab çiqqan vaksinalardan foydalanilmoqda.













