Prezident saylovi va referendum ötkazilişi sababli Qirğiziston militsiyasi xodimlari 8 yanvardan kuçaytirilgan tartibda işlaşga ötadi. Bu haqda mamlakat içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 "Qirğiziston içki işlar vaziri Ulan Niyazbekovning buyruği bilan prezident saylovi vaqtida jamoat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida militsiya xodimlari 8 yanvardan xizmat vazifasini kuçaytirilgan tartibda bajarişga ötadi", - deyiladi xabarda.

 Ma'lumot berilişiça, saylov kuni jamoat tartibini ta'minlaşga 11 ming nafar militsioner jalb etiladi. Hozirda saylov uçastkalarida 5 mingdan ortiq militsiya xodimi faoliyat yuritmoqda.

 Qirğiziston markaziy saylov uçastkasining xabar berişiça, 10 yanvarda bölib ötadigan prezident sayloviga 18 nafar nomzod röyxatga olingan, ulardan bir nafari saylovda qatnaşişdan voz keçgan.

 Nomzodlar orasida oktyabrdagi norozilik namoyişlaridan söng hokimiyat tepasiga kelgan Sadir Japarov ham bor. U prezident saylovida qatnaşiş uçun 14 noyabrda vaqtinçalik prezidentlik vakolatlaridan voz keçdi.

 Qirğizistonda 10 yanvar kuni şuningdek, mamlakatdagi boşqaruv şakli böyiça referendum ham bölib ötadi.