Ramos «Real»dan ketişga yaqin
«Real» sardori Serxio Ramos hamon madridliklar rahbariyati bilan yangi şartnoma böyiça kelişuvga erişmadi. Hozirgi şartnoma muddati yarim yildan keyin tugaydi, ya'ni himoyaçi hozirda boşqa jamoalar bilan muzokaralar ötkaziş huquqiga ega hisoblanadi.

AS naşri ma'lumotiga köra, Ramos «Qirollik klubi»da qolişni istamoqda, ammo klubda pandemiya tufayli moliyaviy muammolar yuzaga kelgan. Şu tufayli Ispaniyaning amaldagi çempionlari futbolçilarning maoşlarini yana kamaytirişni rejalaştirmoqda. Bu yangi şartnoma böyiça muzokaralarda aks etadi.

Agar Serxio baribir «Real»dan ketsa, madridliklar quyidagi uç futbolçidan birini qölga kiritişga harakat qiladi: David Alaba («Bavariya»), Erik Garsiya («Mançester Siti») yoki Pau Torres («Vilyarreal»).

Parijda özgarişlar davri

2 yanvar kuni «PSJ» Maurisio Poçettinoni yangi boş murabbiy sifatida taniştirdi, buning ortidan jamoa tarkibidagi bölajak özgarişlar haqida turli miş-mişlar bolaladi.

Qisqaça:

1. Di Mariya yarim yildan keyin tugaydigan şartnomasini uzaytirmoqçi. Ammo, Le Parisien ma'lumotiga köra, futbolçining bir şarti bor: ayni vaqtda 32 yoşda bölgan argentinalik jamoa öyinida muhim futbolçi bölib qolişni istaydi.

2. «PSJ» qişki transferlar oynasi vaqtida bir qator futbolçilar bilan xayrlaşmoqçi. L'Equipe ma'lumotiga köra, parijliklar futbolçilar sotuvidan 40 million yevro işlaşni möljallaşgan.

3. Daily Mail «PSJ» futbolçilarining Alli va Lloris böyiça umidlarini çippakka çiqardi: «Tottenhem» bu futbolçilarning birortasini sobiq boş murabbiyiga bermoqçi emas.

Umtiti «Nitssa»ga ötadi
Parij Fransiyadagi transfer hayoti qaynay boşlagan yagona şahar emas. L'Equipe xabariga köra, «Nitssa» yanvarda katta transferlarni amalga oşirmoqçi. «Barselona» himoyaçisi Samyuel Umtiti Kataloniyadan Lojuvard qirğoqqa yöl olişi mumkin. Fransuzlar klubi jarohat olib safdan çiqqan jamoa sardori Dantega munosib örinbosar qidirmoqda.

Bundan taşqari, «Nitssa» tarkibda boşqa fransuz futbolçilarini ham körmoqçi. Ular orasida — Vilyam Saliba («Arsenal»), Muhammad Simakan («Strasbur»), Jan-Kler Todibo («Benfika») va Issa Diop («Vest Hem») kabilar bor.

Gvardiola Keynni olmoqçimi?

Şov-şuvlarga öç bölgan The Sun naşri yana bir işonçsiz xabar tarqatdi: «Tottenhem» forvardi Harri Keyn «Mançester Siti»ga ötişi mumkin. Naşrning tasdiqlaşiça, Pep Gvardiola jamoasi şu yanvardayoq 27 yoşli angliyalik hujumçi uçun 90 million funt (100 million yevro) taklif qilmoqçi. Germaniyadagi Bild naşri ham xuddi şu mazmundagi xabarni tarqatgan.

«Portu» — Pepe uçun xaridor

A Bola naşri ma'lumotiga köra, «Gremiu» hujumçisi Pepe «Portu»ga ötişga yaqin. «Ajdarlar» 23 yoşli braziliyalik uçun 13 million yevro tölaşga tayyor.

Avvalroq Goal portali uşbu futbolçiga «Zenit» tomonidan jiddiy qiziqiş borligi haqida xabar tarqatgandi. Futbolçining «Gremiu» bilan şartnomasi muddati 2024 yil 31 dekabrigaça tuzilgan. Transfermarkt uşbu forvardning transfer qiymatini 9 million yevroga baholagan. Klub esa uni 24 million yevroga sotişga rozi bölişini bildirgandi.

Pepe Braziliya A Seriyasining joriy mavsumida 21 öyinda maydonga tuşib, 8 gol urgan va 4 golga uzatma bergan.

Alaba «Real»ga ötadimi?
Marca naşri xabar berişiça, «Bavariya» himoyaçisi David Alaba «Real»ga ötişga yaqin. 28 yoşli avstriyalik futbolçining agentlari madridliklar bilan muzokaralar boşlaşgan va tomonlar dastlabki kelişuvlarga erişişgan.

2021 yil yozida Alaba erkin agentga aylanadi, şu tufayli «Real»ga tekinga ötişi mumkin. Futbolçi «Bavariya»ni qişki transferlar doirasida tark etmoqçi emas.

Alaba myunxenliklar safida 2009 yildan buyon töp surib keladi. U — töqqiz karra Germaniya çempioni, şuningdek, ikki marta Çempionlar ligasi ğolibi. Joriy mavsumda himoyaçi «Bavariya» uçun 18 öyinda maydonga tuşib, bir gol urdi va bir golga uzatma berdi.

«Barselona» «Siti»ning yoş himoyaçisini xarid qiladimi?

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotiga köra, «Mançester Siti» himoyaçisi Erik Garsiya «Barselona»ga ötiş böyiça kelişuvga erişgan. 19 yoşli ispaniyalik futbolçi yozda katalonlar klubi safiga kelib qöşiladi.

Garsiyaning «Siti» bilan şartnomasi 2021 yil 30 iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt uning transferini 20 million yevroga baholagan.

Garsiya — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. Mançesterga u 2017 yilda kelgandi. Uşbu himoyaçi joriy mavsumda «şaharliklar» tarkibida barça turnirlar doirasida 7 öyinda maydonga tuşgan.

«Şalke» Kolaşinatsni ijaraga oldi

«Arsenal» himoyaçisi Sead Kolaşinats «Şalke»ga qaytdi. Nemislar klubi 27 yoşli bosniyalikni mavsum oxiriga qadar ijaraga olgan.

Kolaşinats 2012-2017 yillarda ham «Şalke» safida töp surgan va keyin «Arsenal»ga yöl olgandi. Joriy mavsumda Sead «kanonir»lar uçun barça turnirlar doirasida töqqiz öyinda maydonga tuşgandi.

«Kalyari» Nainggolanni ijaraga oldi

«Inter» yarimhimoyaçisi Radja Nainggolan ijara asosida «Kalyari»ga ötdi. Avvalroq qora-köklar boş murabbiyi Antonio Konte uşbu 32 yoşli belgiyalikni rejalariga kiritmaganini ma'lum qilgandi.

Nainggolan mavsum yakuniga qadar ijaraga berilgan. Uning «Inter» bilan şartnomasi 2022 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. A Seriyaning joriy mavsumida u milanliklar safida tört öyinda maydonga tuşgan.