Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari özaro munosabatlar yaxşilanişi haqidagi kelişuvni imzolamoqçi. Bu haqda AQŞ ma'muriyatidagi manbaga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Kelişuv Saudiya Arabistonida ötadigan Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşining 41-sammiti doirasida imzolanişi kutilmoqda. 

Kelişuv doirasida Saudiya Arabistoni Qatar bilan quruqlikdagi, havo va dengiz çegaralarini oçadi. Bu haqda Kuvayt taşqi işlar vaziri Ahmad Nosir As-Saboh ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, Saudiya Arabistoni Qatardan blokadani olmoqçiligiga işora qilgan. Biroq Bahrayn, BAA va Misr hozirça bunday qilmayapti, ammo AQŞ ma'muriyatida ular ham Ar-Riyodning qaroriga qöşilişlariga umid bildirilmoqda. Öz navbatida, Qatar blokada bilan boğliq barça da'volaridan voz keçadi.   

Reuters manbasining xabar berişiça, Qatardan blokada olinadi, bu esa davlatlar orasida harakatlaniş hamda mahsulotlar taşiş imkonini beradi hamda mintaqada köproq barqarorlikka olib keladi.

Ta'kidlanişiça, 4 arab davlati va Qatar örtasida munosabatlarning yaxşilanişi böyiça muzokaralarda AQŞ prezidenti kuyovi va maslahatçisi Jared Kuşner ham iştirok etgan. U va amerikalik bir qator amaldorlar Qatar bilan munosabatlarning yaxşilanişi haqidagi kelişuvning imzolanişida iştirok etişlari kutilmoqda.

2017 yil yozida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Dohani öz içki işlariga aralaşişda va terrorçilikni qöllab-quvvatlaşda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzişga qaror qilgan. Buning ortidan Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va transport blokadasi kiritilgan. Jumladan, 4 arab davlati Qatar aviatsiyasi uçun öz havo hududlarini yopgan. Qatarda esa qöşni davlatlarning bu qarori heç qanday asosga ega emasligi aytilgan.