
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, ular fermer xöjaligi qorovulxonasidagi oynani sindirib, oyna siniği va öşa yerda bölgan yoğoç tayoqlar bilan qurollanib, fermer xöjaligining 9 nafar işçisiga hujum qilgan.
Xabarda aytilişiça, ular işçilarni öldiriş bilan qörqitib, turli xil tan jarohatlari yetkazib, narxi 120 000 sömlik ikki dona “MAXVI” rusumli qöl telefoni va narxi 145 000 sömlik qora rangli kurtka, narxi 150 000 söm bölgan “FLY” rusumli qöl telefoni, narxi 40 000 sömlik “Nokia 1110” rusumli uyali telefoni hamda narxi 180 000 sömlik “INOI” rusumli uyali telefonlarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringan.

Natijada fermer xöjalik işçilari turli tan jarohatlari bilan Ohangaron tumani markaziy şifoxonasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv jarayonida yuqoridagi şaxslardan aşyoviy dalil tariqasida talon-toroj qilingan buyumlar rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov jarayonida yuqoridagi jinoyatni sodir etgan şaxslarning har biriga ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.











