«Latsio»ga qarşi öyindan farqli ölaroq, uşbu bahsni Eldor Şomurodov «Jyenoa» asosiy tarkibida boşladi.
Uçraşuvning 52-daqiqasida mezbonlar vakili Boga hisobni oçgan bölsa, 64-daqiqada katta sahnaga özbekistonlik forvard çiqdi. Qanotdan yetkazilgan töpni Eldor Şomurodov boş bilan «Sassuolo» darvozasiga joylab, jamoasini mağlubiyatdan qutqarişga yaqin edi – 1:1.
Ammo bu safar ham Genuya klubining himoyadagi böş öyini Ballardini jamoasini muhim oçkodan mahrum etdi. 83-daqiqada Raspadori «Sassuolo»ga ğalaba keltiruvçi golni kiritdi – 2:1.
Uşbu natijadan keyin «Sassuolo» 29 oçko bilan hozirça 4-öringa çiqib olgan bölsa, «Jyenoa» 11 oçko bilan 19-örinda qoldi.

A Seriya. 15-tur
Sassuolo – Jyenoa 2:1
Gollar: 1:0 – 52 Boga, 1:1 – 64 Eldor Şomurodov, 2:1 – 83 Raspadori.
Sassuolo – Konsili, Rojyerio, Myuldyur, Ferrari, Ayxan, Juriçiç (Raspadori, 74), Manyanelli (Burabiya, 58), Berardi (Defrel, 35), Lokatelli (Obiang, 74), Boga, Kaputo (Traore, 58).
Jyenoa – Perin, Dzappakosta, Masello (Gilone, 57), Krişito, Çiborra (Pyatsa, 57), Badel (Rovella, 58), Radovanoviç, Lerager, Zayts (Destro, 82), Skamakka (Goldaniga, 71), Eldor Şomurodov.












