Demokratlar vakolati muddati tugaşini kutmasdan Trampni prezidentlikdan çetlatiş zarurligini uqtirişmoqda. Ular amaldagi prezident öz lavozim majburiyatlarini bajarişga layoqatsiz deb hisoblaşmoqda. Ekspertlar ham Trampning keyingi qadamlari borasida xavotirlarini bildirişmoqda.

Tramp impiçment qilinişi haqiqatga yaqinmi?
Vakillar palatasining yuridik qömitasidagi demokratlar Vazirlar Mahkamasini zudlik bilan Trampni iste'foga çiqarişga çaqirmoqda. Nazariy jihatdan prezident impiçmentining ikki yöli bor.

Birinçi yöl — impiçment. Bu sodir bölişi uçun, Vakillar palatasining prezident öta oğir jinoyat sodir etgani yoki qoidabuzarlikka yöl qöyganiga işonçi komil bölişi kerak. Donald Tramp buni boşdan keçirgan, demokratlar 2019 yil dekabrida uni hokimiyatni suiiste'mol qilişda aybdor deb topişgandi. Ammo öşanda respublikaçilar nazoratida bölgan Senat Trampni oqlagandi.

Impiçment jarayoni köp vaqt oladi — Vakillar palatasi qömitalari tekşiruvlar ötkazişi, dalillar yiğişi, ovoz berişi, keyin Senatda ayblov qöyilişi kerak. Ikki haftada bu işlarga ulgurişning iloji yöq.

Şu tufayli demokratlar boşqa variantni taklif etişmoqda — Amerika Konstitutsiyasiga kiritilgan 25-tuzatiş. Bu tuzatiş agar davlat rahbari öz vazifalarini bajarişga layoqatsiz deb topilsa, uni prezidentlikdan çetlatişga imkon beradi. Prezident «ruhiy kasal» bölganda ham şu tuzatiş asosida uni çetlatiş mumkin.

Bunday holatlarda qarorni Vazirlar mahkamasi qabul qiladi. Hokimiyat vaqtinçalikka prezidentdan vitse-prezidentga ötadi. Hozirgi holatda bunday jarayon röy bersa, Baydenning inauguratsiyasigaça prezident vazifalarini Mayk Pens bajargan bölardi.

Pens prezidentning harakatlarini va Kapitoliyning qamal qilinişini qoraladi. U tvitterda Trampni öqişni töxtatdi, akkaunti foniga Jo Bayden va 20 yanvardan keyin vitse-prezident böladigan Kamala Harris aks etgan suratni joylaştirdi.

Amerikadagi naşrlar Vazirlar mahkamasi 25-tuzatişni qöllaş masalasini faol ravişda muhokama qilişga kirişgani haqida yozdi. Ijtimoiy tarmoqlarda demokratlar bilan birga respublikaçilar ham Trampning çetlatilişini talab qilişmoqda. CNN şu kabi respublikaçilarning ayrimlari bilan gaplaşdi, ular anonimlikni saqlagan holda  Tramp «nazoratdan çiqib ketgani» haqida gapirişdi.

Londondagi qirollik kolleji politologi Sem Grinning hisoblaşiça, ayni vaqtda 25-tuzatiş qöllanişi haqidagi gaplar xayoliy körinmoqda. «Bu tuzatiş ruhiy holati majburiyatlarini bajarişiga tösqinlik qiladigan prezidentdan himoyalanişga qaratilgan. Hozir esa butunlay boşqaça vaziyat. Tramp tentakona işlar qilayotgan bölişi mumkin, ammo uning aql-huşi joyida. Bu holatda impiçment yaxşi variant edi, ammo bu uzoq vaqt davom etadigan va Respublikaçilar partiyasini bölib yuboruvçi jarayon. Impiçment holatida respublikaçilar Trampni qöllayotgan elektoratga qarşi borişga tayyor yoki tayyor emasliklari böyiça qaror qabul qilişlari kerak bölardi», deydi u.

Inauguratsiya marosimini ham buzişga uriniş bölişi mumkinmi?

Foto: Samuel Corum/Bloomberg via Getty Images

Donald Trampda keyingi ikki hafta mobaynida vaziyatni özgartiriş uçun deyarli heç qanday yöl qolmadi: ovozlarni hisoblaş yakunlangan, sudlarda yutqazilgan, Baydenning ğalabasi Kongressda tasdiqlangan.

Trampga Jorjiya ştati davlat kotibidan «yetişmayotgan ovozlarni topiş»ni talab qilişi ham heç qanday naf bermadi. Jo Baydenning jamoasi bir neça marta Trampning ma'muriyati hokimiyatni saylangan prezidentga ötkaziş jarayoniga tösqinlik qilayotganidan şikoyat qildi. Masalan, köp vaqt davomida Baydenga maxsus xizmatlarning hisobotlarini köriş imkoni berilmagan, holbuki, an'anaga köra, saylangan prezident uçun bu ma'lumotlar oçiq böladi.

Hokimiyatni ötkaziş jarayoni Baydenning jamoasi mamlakatdagi vaziyatdan töla xabardor holda 20 yanvardan öz vazifalarini risoladagidek boşlaşi uçun kerak böladi.

Prezident öz mağlubiyatini tan olmasdan, asossiz ravişda raqiblarni saylov natijalarini soxtalaştirişda ayblab, öz tarafdorlari orasida norozilik oloviga moy quyişi bilan ötgan ikki oylik beqarorlik vaziyati Kapitoliyning işğol etilişi bilan yakunlandi. Ayrim ekspertlar xavfsiraşmoqdaki, ötgan tunda röy bergan voqealar sönggisi bölmasligi mumkin. Tramp hokimiyatni tinç yöl bilan topşirişni va'da qiliş barobarida, Bayden jamoasi aravasi ğildiragiga çöp suqdi - u «saylovlar natijalariga butunlay qarşi bölişi, faktlar buni tasdiqlaşiga qaramay, 20 yanvar kuni vakolatlar tartib bilan ötkazilişi»ga va'da berdi. Endi bu hokimiyatni ötkaziş jarayoni yakunlangaç, eng asosiysi — inauguratsiya marosimi qoladi.

Foto: Samuel Corum/Bloomberg via Getty Images

Trampning 300 mingdan oşiq tarafdorlari feysbukda «Donald Trampning ikkinçi inauguratsiyasi» guruhiga qöşilgan. Bu guruhdagilar Kapitoliydagi voqealar muhokamasi davomida Trampning tarafdorlari «qonun doirasida harakatlanişgani», tartibsizliklar esa namoyişçilarga BLM harakati a'zolari va antifçilar qöşilgaç boşlangani haqida aytişgan. Guruhdagi muhokamalar orqali respublikaçilar tarafdorlari 20 yanvar kuni onlayn marosim ötkazişmoqçimi yoki ular köçalarga çiqişadimi, buni anglab bölmaydi.

Biroz avvalroq, göyoki Tramp 20 yanvar kuni miting uyuştirişni rejalaştirayotgani, unda 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnaşmoqçiligini e'lon qilişi haqida xabarlar tarqalgandi.

Trampdan yana nima kutiş mumkin?
Endilikda, hatto Vazirlar mahkamasi ham, yumşoq qilib aytganda, prezident qolgan ikki hafta davomida prezidentlik qila olmasligi mumkin deb hisoblayotgan vaqtda, Tramp hokimiyatda qoliş uçun yana nimalar qilişi mumkinligi haqida taxminlar köpaymoqda.

Hozirda eng köp xavotirlar Trampning Eron bilan munosabatlarda qöyişi mumkin bölgan qadamlar böyiça. Ikki hafta muqaddam AQŞning Bağdoddagi elçixonasiga hujum uyuştirilganidan keyin, Tramp Eronni provokatsiya qilişda ayblagandi. «Agar biror amerikalik öldirilsa, men barça aybni Eronga qöyaman. Yaxşilab öylab köring», degandi u.

Kongressda Baydenning ğalabasi tasdiqlanadigan majlis arafasida Tramp öz tarafdorlarini Kapitoliyga borişga çaqirgandi
ROBERT NICKELSBERG/GETTY IMAGES

Sönggi vaqtlarda OAVda Amerika va Eron munosabatlari yana keskinlaşa borayotgani haqida köp yozilmoqda. Bularning barçasi yangi prezident inauguratsiyasiga oz vaqt qolganida, Trampning buyruği bilan eronlik general Qosim Sulaymoniy öldirilganiga bir yil vaqt tölganida röy bermoqda.

Vaşington davlat boşqaruvi institutining ijroçi vitse-prezidenti Trit Parsi ayrim yuqori martabali harbiy amaldorlar bilan gaplaşgani, barça suhbatdoşlari Tramp prezidentligining sönggi kunlarida Eronni hujum qilişga undaşidan xavfsiraşayotganini aytişgan. «Hozirda Eron hujum rejalaştirayotganini taxmin qilişga heç qanday asos yöq. U yerdagilar tez orada AQŞda hokimiyatga yangi rahbar kelişi va u muloqotga tayyorligini bilişadi. Ammo alamzada Tramp keyingi prezident uçun xaos qoldirib ketişi mumkin», degan u.

Ötgan yilning iyuliga qadar vitse-prezident Mayk Pensga içki xavfsizlik masalasida maslahatçi sifatida işlagan Oliviya Troy BBC bilan suhbatda şunday degan: «Iş şunga keldiki, hozirgi vaziyatda prezident şunçaki xavfli şaxsga aylandi. Avvalgi voqealardan kelib çiqib, u yana nimalarga qodirligini aniq aytiş qiyin. Men Tramp ertaga yoki indinga nimadir iş qiladi deb öylamayman. Ammo Tramp yana qandaydir harbiy mojaro boşlasa, hayron bölmayman. Men Tramp Eron bilan ziddiyatni yana qözğaşidan xavotirdaman».

Politolog Sem Grinning hisoblaşiça, baribir optimizm uçun sabab bor: «Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Miller boş qömondon Trampning iştirokisiz, Pelosi va Pens bilan gaplaşgani men uçun ahamiyatli belgi böldi. Şundan keyin Miller harbiy kuçlar konstitutsiya va mamlakatga xizmat qilişini aytdi, u prezident sözini işlatmadi. Bu Tramp tomonidan hokimiyatda qoliş uçun qandaydir uriniş bölsa ham, unga barça tomondan qarşilik körsatişadi degandir».

Ekspertning hisoblaşiça, ayni vaqtda Pentagon Trampning özidan köra, mamlakat rahbariyati jamoasiga köproq e'tibor qaratmoqda. «Albatta, prezident boş qömondon sifatida buyruqlar berişi mumkin. Ammo qurolli kuçlar rahbariyati bunday buyruqlarni jinoiy deb hisoblab, ularni bajarmaslik huquqiga ega. Bu holatda ular iste'foga çiqişi kerak böladi», degan u.