Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, taklif etilayotgan loyiha respublika böylab 10ta yönaliş böyiça mingdan ortiq IT-mutaxassislarini tayyorlaş va ularni iş bilan ta'minlaşga yoki öz-özini iş bilan ta'minlaşiga (freelancing) yordam beradi.

Qayd etilişiça, loyihadan közlangan maqsad axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlaşda professional tizimni takomillaştiriş, mehnat bozorida malakali IT-mutaxassislarga bölgan ehtiyojni qondiriş, şuningdek, «Raqamli Özbekiston — 2030» strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oşiriş va aholining kundalik hayotiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etişni ta'minlaşdan iborat.

Loyihaning oçiliş marosimida mehmonlarga bölajak IT-mutaxassislari uçun tanlangan ta'lim yönalişlari haqida taqdimot bölib ötişi rejalaştirilgan. Future Skills Uzbekistan doirasida quyidagi 10ta yönaliş böyiça mutaxassislar tayyorlanişi kutilmoqda:

  • web-dasturlaş;
  • mobil ilovalarni işlab çiqiş;
  • IT-xavfsizlik va tarmoq texnologiyalari;
  • ma'lumotlar bilan işlaş;
  • mobil öyinlarni işlab çiqiş;
  • mobil robototexnika;
  • grafik dizayn;
  • 3D modellaştiriş;
  • ingliz tili;
  • IT-menejment.

Bundan taşqari, marosim iştirokçilari mamlakat böylab öqiş taşkil etiladigan barça joylar, röyxatdan ötiş usuli, tanlov mezonlari va tölov mexanizmlari, şu jumladan, işsiz va iş qidirayotgan fuqarolarga hamda kam ta'minlangan oilalarda yaşovçi şaxslarga öqiş uçun beriladigan imtiyozli kvotalar töğrisida batafsil ma'lumot olişlari mumkin. Loyiha taqdimotida alohida e'tibor 9 oylik öqiş va amaliyotni yakunlagandan söng bandlik va öz-özini iş bilan ta'minlaş (freelancing) istiqbollariga qaratiladi.

Oçiliş marosimi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bölib ötişi, unda taşkilotçilar loyihaga oid barça savollarga javob berişi rejalaştirilgan.