Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 oktyabr kuni Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan IT-park loyihasining ikkinçi bosqiçiga tamal toşi qöydi.
Loyihaning birinçi bosqiçi ikki yil oldin 200 million dollar investitsiya hisobiga amalga oşirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20–25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etilgandi.
Hozirgi kunda “IT-Park” rezidenti maqomini olgan kompaniyalar soni 3200 taga yetgan, ularda 14 mingdan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Ötgan yili rezidentlar tomonidan 1,6 milliard dollarlik xizmat körsatilgan bölsa, joriy yil yakuni bilan bu körsatkiç 2,5 milliard dollardan oşişi kutilmoqda.

Eksport hajmi esa ilk bor 1 milliard dollarlik marradan oşişi rejalaştirilgan.
“Özbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 300 mingdan ortiq yoşlarni axborot texnologiyalari sohasida yuqori daromadli iş bilan ta’minlaş maqsad qilingan. Xorijiy ekspertlar faqatgina sun’iy intellekt yönalişining özida Özbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

“Işonçim komilki, bugun tamal toşi qöyilayotgan uşbu yirik majmua oldimizga qöygan ulkan marralarni zabt etişda, şuningdek, investorlar bilan Özbekiston örtasida manfaatli hamkorlikni yanada kuçaytirişda muhim örin tutadi”, – dedi davlat rahbari.
Loyihaga köra, “IT-Park” hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining “Data Volt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bölgan, 150 million dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqiçlarda yana 3 milliard dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

Bundan taşqari, uşbu hududda jami 6 ta bino – Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, şuningdek servis va savdo markazlari quriladi.




















