Koronavirus tarqalişi avj olgani sababli Xitoy hukumati Xebey provinsiyasidagi Şitszyaçjuan va Sintay şaharlarida yaşovçi aholini bir hafta davomida uylaridan çiqmaslikka çaqirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

 Agentlikning ma'lumot berişiça, mazkur şaharlarda bir hafta içida koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 350ga yaqin holat aniqlangan bölib, bundan 200ga yaqini simptomsiz bölgan.

Qayd etilişiça, çeklov çoralari yaqin-atrofdagi qişloqlar aholisiga ham taalluqli. Şuningdek, hukumat ommaviy tadbirlar ötkazişni ham taqiqlagan.

Agentlikning yozişiça, Pekin ma'muriyati Xebey provinsiyasidan poytaxtga keladigan işçilardan koronavirusga topşirgan testi manfiy çiqqani töğrisida ma'lumotnoma talab qilmoqda.

Avvalroq Xebey poytaxti Şitszyaçjuan şahri bilan avtobus, temir yöl va aviaqatnov noma'lum muddatga töxtatilgandi.